Янгиликлар
12
AYOLLARGA HUQUQIY KO'MAK BERILDI
Chiroqchi tuman adliya bo'limi YUXKM bilan hamkorlikda tumanning Tarag'ay mahalla fuqarolar yig'inida xotin-qizlar va fuqarolar uchun "Huquqiy savodxonlik kuni" tashkil etildi.
Tadbir davomida O'zbekiston Respublikasi Konstitusiyasini 30-yilligi hamda O'zbekiston Respublikasining Madhiyasi 30-yilligi munosabati bilan "Madhiya to'g'risida"gi qonuni hamda, O'zbekiston Respublikasi Prezidentining farmoni, qarori va Vazirlar Mahkamasining qarorlari yuzasidan aholining huquqiy bilimlari oshirildi.
Fuqarolar tomonidan berilgan savollarga tuman adliya bo'limi tomonidan javoblar berildi.