Янгиликлар
09
Adliya xabari
Adliya vazirligi Jamoatchilik bilan aloqalar boʻlimi, davlat xizmatlarini koʻrsatish boʻyicha masʼul xodimlari uchun Gruziyaga intensiv oʻquv kursi tashkil etildi
Gruziyaga amalga oshirilayotgan oʻquv amaliy safari davomida Gruziya Adliya uy, Davlat xizmatlarini koʻrsatishni rivojlantirish agentligida davlat xizmatlarini koʻrsatish va jamoatchilik bilan ishlash boʻyicha masʼullar xodimlari bilan uchrashuvlar boʻlib oʻtdi.
Uchrashuv davomida davlat xizmatlarini koʻrsatish turlari va usullari, mijozlar bilan ishlash, fuqarolarga yaratilgan qulayliklar, ovvorgarchilik va sarsongarchiliklarni oldini olish maqsadida tashkil etilgan tezkor xizmatlar haqida batafsil maʼlumot berildi.
Su oʻrinda jamoatchilik bilan ishlash, ijtimoiy tarmoqlar imkoniyatidan toʻgʻri foydalanish, xizmatlarni ommalashtirish va targʻib qilishda videokontentlardan foydalanish boʻyicha fikr almashildi. Aholi va jamoatchilik fikrini doimiy ravishda oʻrganib borish va ayrim davlat xizmatlari mana shunday oʻrganishlar natijasida yoʻlga qoʻyilganligi haqida alohida takitlandi.
Maʼlumot uchun: oʻquv amaliy safarimiz Adliya vazirligi, BMTTD, Yevropa Ittifoqi bilan hamkorlikdagi loyiha doirasida amalga oshirilmoqda.