Bog'lanish

Telefon
(+998 75) 230-01-76

Elektron manzil
qashqadaryo@adliya.uz

Habarni yuborish
Ishonch telefoni 1008

Янгиликлар

10

Muloqot


Bugun iqtisodiyot fakulteti faollar zalida Asosiy qonunimizning 30 yilligi munosabati bilan “Konstitutsiya – mamlakat taraqqiyoti va jamiyat farovonligining huquqiy kafolati” mavzusida ma’naviy-ma’rifiy tadbir o‘tkazildi.

  Tadbirni institut birinchi prorektori Azamat Xayriddinov olib bordi. Unda respublika ma’naviyat va ma’rifat markazi viloyat bo‘limi rahbari Lola Saodatova, viloyat yuridik texnikumi direktori Risolat Abdullayeva, ushbu texnikum katta o‘qituvchisi Sanjar Amirov, institut xotin-qizlar maslahat kengashi raisi Yulduz Rahmonova, yoshlar yetakchisi Abbos Vohidov, fakultet o‘qituvchilari, tyutorlari va talabalar ishtirok etdilar.

  Ma’lumki, har bir davlatning jahon maydonidagi o‘rnini belgilab beradigan, fuqarolarining erkin hayot kechirishlarini ta’minlashning huquqiy asosi bo‘lgan konstitutsiyasi muhim yuridik hujjat hisoblanadi. O‘zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasi xalqchilligi, inson manfaatlari birinchi o‘ringa qo‘yilganligi bilan ham o‘z mavqeiga ega hujjatdir.

  Jonli muloqot tarzida o‘tgan va savol-javobga boy bo‘lgan tadbir davomida yer yuzidagi Konstitutsiyalar va ularda belgilangan tamoyillar, O‘zbekiston Respublikasi Bosh qonuniga kiritilayotgan o‘zgartishlar mohiyati haqida atroflicha so‘z yuritildi.