Bog'lanish

Telefon
(+998 75) 230-01-76

Elektron manzil
qashqadaryo@adliya.uz

Habarni yuborish
Ishonch telefoni 1008

Янгиликлар

28

Bilasizmi


Bolalarni sogʻligʻiga zarar yetkazuvchi axborotdan himoya qilish sohasidagi ekspertlarni akkreditatsiya qilish tartibidan xabardormisiz?

Hukumat qarori (317-son, 07.06.2022-y.) bilan tasdiqlangan  davlat xizmati koʻrsatishning maʼmuriy reglamentiga asosan:

Ariza beruvchi DXMga bevosita yoki Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali (YIDXP) orqali elektron murojaat qiladi.

Ariza beruvchi oliy maʼlumotga, pedagogika, yoshga oid psixologiya va fiziologiya, bolalar psixiatriyasi sohalarida bilimlarga (diplom yoki sertifikatga) ega boʻlishi kerak.

Soʻrovnoma toʻldirilgandan so'ng, 7 ish kunida oʻrganib chiqiladi.

Ariza beruvchini akkreditatsiya qilish toʻgʻrisida qaror qabul qilingach, talabgor 1 kun ichida akkreditatsiyadan oʻtkaziladi.

Ekspert akkreditatsiya qilinganligi toʻgʻrisida guvohnoma 5 yil muddatga beriladi.

Mazkur davlat xizmatlari koʻrsatilganligi uchun yigʻim undirilmaydi.