Bog'lanish

Telefon
(+998 75) 230-01-76

Elektron manzil
qashqadaryo@adliya.uz

Habarni yuborish
Ishonch telefoni 1008

Янгиликлар

25

Uy-joy sotib olish uchun subsidiya ajratishda qanday qulayliklar yaratildi?


1 dekabrdan boshlab Vazirlar Mahkamasining 2022 yil 14 oktabrda qabul qilgan “Aholiga ipoteka krediti va uy-joy sotib olish uchun subsidiya ajratish jarayonlarini soddalashtirish chora-tadbirlari to'g'risida”gi qarori kuchga kiradi. Xo'sh, ushbu qaror asosida aholini qanday o'zgarishlar kutmoqda?

— Hukumat qarorga muvofiq, 2022 yil 1 dekabrdan boshlab subsidiya talabgorlarining qator idoralarga yugurib, hujjat tayyorlashiga hojat qolmaydi. Jumladan, subsidiyaga talabgorlarni tanlab olish komissiyalari tarkibidan Yoshlar ishlari agentligi bo'lim boshlig'i va aholi bandligiga ko'maklashish markazi direktorlari chiqariladi. Subsidiya olish uchun arizani aholi bandligiga ko'maklashish markazlari, Davlat kadastrlari palatasining hududiy boshqarmalari, Yoshlar ishlari agentli bo'limlari va tuman (shahar) hokimligi tomonidan ko'rib chiqish tartibi bekor qilinadi.

      Endilikda mazkur tashkilotlarning ma'lumotlari subsidiya.idm.uz dasturiy ta'minoti orqali avtomatik tarzda shakllantiriladi.

      Subsidiya ajratish maqsadida uy-joyga muhtoj fuqarolarni aniqlashning ijtimoiy mezonlari doirasida quyidagilar ijtimoiy himoyaga muhtoj bo'lgan ayrim shaxslar toifasiga kiritiladi: yosh oilalar, shu jumladan, 30 yoshdan oshmagan fuqarolar hamda olis va chekka hududlardagi byudjet tashkilotlariga boshqa hududlardan ishlash uchun kelgan oliy ma'lumotli mutaxassislar va tibbiyot xodimlari.

    Hozirda “Labor - migration” dasturi va Kadastr agentligining Milliy geografik axborot tizimi portali subsidiya.idm.uz dasturiy ta'minotiga integrasiya qilindi. Shuningdek, Moliya vazirligi tomonidan joylashtirilgan mablag'lar hisobidan ipoteka krediti ajratishda qarz oluvchilarga qarz yukining eng yuqori chegarasi hamda subsidiya olish uchun bir kalendar yilda ikki marta ariza berish bo'yicha belgilangan cheklovlar bekor qilindi.

      Kadastr agentligi tomonidan aholining nomida respublikaning barcha hududlaridagi o'z mulkida bo'lgan uy-joylari to'g'risidagi ma'lumotlar “subsidiya.idm.uz” dasturiy ta'minotiga real vaqt rejimida taqdim etib boriladi.



                                               Qashqadaryo viloyat adliya boshqarmasi axborot xizmati