Янгиликлар
29
Oliy bosh Qomusimiz 30 yoshda
Mamlakatimizda olib borilayotgan keng qamrovli islohotlar, qabul qilinayotgan farmon va qonunlarda inson sha’ni, e’tiqod erkinligi, huquq va erkinliklari eng oliy mezon sifatida qaraladi.
Jumladan, Bosh Qomusimiz – O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining ustuvor maqsadi har bir fuqaroning huquq va erkinliklari, kafolatlarini ta’minlashga qaratilgan.
Konstitutsiya – vijdon va e’tiqod erkinligini o‘zida mujassam etgan, yurtimizda istiqomat qiluvchi barcha millat va elatlarning tengligini ta’minlovchi, mamlakat taraqqiyotini yorqin namoyon etuvchi asosiy hujjat, baxtimiz qomusi, xalqimizning oru nomusi, diniy bag‘rikengligimiz ifodasi hisoblanadi. Chunki uning har bir moddasi, har bir bo‘limida xalqaro huquq me’yorlari ham, milliy bag‘rikenglik tamoyillari ham aks etib turadi.
Jumladan, Bosh Qomusimizning 18-moddasida ham bu mustahkam asos qilib belgilab qo‘yilgan: “O‘zbekiston Respublikasida barcha fuqarolar bir xil huquq va erkinliklarga ega bo‘lib, jinsi, irqi, millati, tili, dini, ijtimoiy kelib chiqishi, e’tiqodi, shaxsi va ijtimoiy mavqeidan qat’i nazar, qonun oldida tengdirlar”.
Shuningdek, demokratik, huquqiy davlat va zamonaviy jamiyat qurishning hamda ular rivojanishining zaruriy shartlaridan biri bu Konstitutsion burchdir. Barcha ilg‘or davlatlar konstitutsiyalarida fuqarolarning burchlariga alohida o‘rin ajratilgan. Mustaqil O‘zbekiston o‘z Konstitutsiyasida fuqarolar burchlarini belgilashda o‘z tarixiy xususiyatlariga va ilhor mamlakatlar tajribasiga suyanadi.
Konstitutsion burch-O‘zbekiston fuqarolarining Konstitutsiyada belgilab qo‘yilgan, fuqarolarning bajarilishi shart bo‘lgan majburiyatlaridir.
Fuqarlarning konstitutsion burchlari quyidagilardir:
O‘zbekiston Respublikasining har bir fuqarosi konstitutsiya va qonunlarga rioya etishga, boshqa kishilarning huquqlari, erkinliklari, sha’ni va qadr-qimmatini hurmat qilishga majburdirlar;
- Barcha fuqarolar konstitutsiyada belgilab qo‘yilgan burchlarni bajaradilar;
- Fuqarolar O‘zbekiston halqining tarixiy, ma’naviy vamadaniy merosini avaylab asrashga majburdirlar;
- Madaniyat yodgorliklari davlat muhofazasidadir;
- Fuqarlar atrof – tabiiiy muhitga ehtiyotkorona munosabatda bo‘lishga majburdirlar;
- Fuqarolar qonun bilan belgilangan soliqlar va mahalliy yig‘imlarni to‘lashga majburdirlar;
- O‘zbekiston Respublikasini himoya qilish mamlakatning har bir fuqarosining muqaddas burchidir;
- Fuqarolar, qonunda belgilangan tartibda, harbiy va muqobil xizmatni o‘tashga majburdirlar.
Ma’lumot o‘rnida shuni ham ta’kidlash lozimki, 1992 yildagi O‘zbekiston Konstitutsiyasining 1978 yildagi va boshqa konstitutsiyalardan burchlar masalasida birmuncha farqi bor. Masalan, 1978 yildagi Konstitutsiyada fuqarolarning asosiy huquqlari, erkinliklari va burchlari bitta boboda berilgan.Mustaqil O‘zbekiston Konstitutsiyasida fuqarolarning burchlari alohida bobda ko‘rsatilgan.
Konstitutsion burchlardan tashqari, nokonstitutsion burchlar ham bor (ota-ona va yoshi katta keksalarga nisbatan hurmat, farzandlarga g‘amho‘rlik, mmehnat va ishlab chiqarish intizomiga rioya etish va hokazolar).
Konstitutsiya mustaqillik, tenglik, demokratiya va insonparvarlik uchun kurashning mevasidir.
Davlat xizmatlari ko'rsatilishi ustidan nazorat qilish
bosh maslahatchisi Ruslan Rustamov