Янгиликлар
29
Qarshi tumanidagi TATU QARSHI filiali talabalari Mobil-ID tizimiga identifikatsiya qilinmoqda.
Ma’lumki, O‘zbekistonda 2022-yilning 1-avgustdan boshlab davlat xizmatlaridan foydalanish uchun shaxsni identifikatsiyalashning mavjud tizim va vositalariga qo‘shimcha ravishda jismoniy shaxsni identifikatsiyalashning Mobil-ID tizimi joriy etildi.
Mobil-ID tizimi - fuqarolarga elektron raqamli imzodan foydalanmagan holda barcha davlat xizmatlaridan foydalanish imkonini yaratadi. Faqat bundan moliyaviy xizmatlar mustasno.
Qarshi tumani DXM xodimlari korxona va tashkilot xodimlarini mobile-ID tizimiga identifikatsiya qilinyapdi. Eslatib o‘tamiz, Mobil-ID tizimini ommalashtirish maqsadida fuqarolarni Mobil-ID tizimiga identifikatsiyalash 2022-yil 31-dekabrga qadar to‘lov undirilmasdan amalga oshirilmoqda.
2023-yil 1-yanvardan boshlab BHMning 2 foizi miqdorida bir martalik to‘lov undiriladi.