Bog'lanish

Telefon
(+998 75) 230-01-76

Elektron manzil
qashqadaryo@adliya.uz

Habarni yuborish
Ishonch telefoni 1008

Yangiliklar

20
Vorislik huquqi aksiyasi

Qarshi shaxar xususiy amaliyot bilan shug'ullanuvchi notariuslar  hamda Qashqadaryo viloyat hududiy Notarial Palatasi bilan birgalikda Qarshi shaxar “Otchopar” maxalla fuqarolar yig'inida “Vorislik xuquqi” aksiyasi o'tkazildi.

20
KONTRAFAKTSIZ OY

Qarshi shahridagi markaziy bozorlar, ya’ni “Qarshi markaziy dehqon bozori” OAJ, “Yerqo‘rgon dehqon oziq-ovqat bozori” MChJ, “Qarshi Naxshab darvozasi dehqon bozor” MChJ , “Orzu savdo majmuasi” bozori va Qarshi shahridagi asosiy ko'chalarda harakatlanuvchi avtobuslarda "Biz kontrafaktga qarshimiz" shiori ostidagi hamda  elektron QR kod orqali kontrafakt  mahsulotlaridan ogoh etuvchi bannerlar joylashtirilmoqda.

20
Vorislik huquqi aksiyasi

Xabaringiz bor joriy yilning  10-fevralidan  10-mart kuniga qadar Adliya vazirligi hamda Oʻzbekiston Notarial palatasi hamkorligida  “Vorislik huquqi” aksiyasi eʼlon qilingan boʻlib, mazkur aksiyani oʻtkazishdan maqsad  oilalarda meros bilan bogʻliq nizolarning oldini olish, shuningdek, fuqarolarning mol-mulkka boʻlgan huquqlarini taʼminlash, ularning bu sohadagi huquqiy bilimlarini yanada oshirishdan iboratdir.

20
QASHQADARYO VILOYAT ADLIYA BOSHQARMASI TASHABBUSI BILAN SOLIQ TOʻLOVCHILARGA HUQUQIY YORDAM KOʻRSATISH YUZASIDAN JORIY YILNING 20-FEVRALIDAN 15-MART KUNLARI AKSIYA OʻTKAZILMOQDA

   Jismoniy shaxslardan olinadigan daromad solig‘i;

  Jismoniy va yuridik shaxslardan olinadigan mol-mulk solig‘i;

  Jismoniy va yuridik shaxslardan olinadigan yer solig‘i:

  Vaqtinchalik qo‘llaniladigan boshqa soliq imtiyozlarining qo‘llanilishi bo‘yicha amaliy yordam ko‘rsatiladi hamda ushbu sohalarga oid muammolar o‘rganiladi.

Shunga ko‘ra, yuqoridagi holat yuzasidan muammolarga duch kelsangiz o‘z hududingizdagi adliya bo‘limlariga murojaat etishingiz
lozim bo‘ladi.

18
Targ'ibot tadbirlari

Qashqadaryo viloyat adliya boshqarmasi va viloyat Ma'naviyat markazi bilan hamkorlikda joriy yilning 18-fevral kuni Qarshi tuman Shayxali mahallasida joylashgan Jazoni ijro etish muassasalarida O'zbekiston Respublikasining 2023-yil 15-fevral kunidagi "O‘zbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga mahkumlarning huquqlari va qonuniy manfaatlarini ishonchli himoya qilishga qaratilgan o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida"gi Qonuni mazmun-mohiyatini tushuntirish hamda giyohvandlik balosini yo'q qilish haqida davra suhbati tashkil etildi.

18
Yengil avtomobilda yoʻlovchi tashish litsenziya varaqasini olishning tartibidan xabardormisiz?

Bunda haydovchi avvalo Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali (my.gov.uz) orqali masofadan yoki Davlat soliq inspeksiyasi hududiy boʻlimiga borgan holda oʻzini oʻzi band boʻlgan shaxs sifatida roʻyxatdan oʻtishi lozim. Roʻyxatdan oʻtish va guvohnoma olish bepul.

17
“Vorislik huquqi” bo‘yicha tanlovda ishtirok eting va qimmatbaho sovg‘alarga ega bo‘ling

Xabaringiz bor, Adliya vazirligi hamda Oʻzbekiston Notarial palatasi hamkorligida oʻtkazilayotgan “Vorislik huquqi” aksiyasi doirasida tanlov tashkil etilishi belgilangan.

17
Maktabdan tashqari taʼlim faoliyati bilan shugʻullanmoqchimisiz?

Unda siz "Litsenziya" axborot tizimi orqali "Maktabdan tashqari taʼlim faoliyatini boshlaganlik yoki tugatganlik toʻgʻrisida xabarnomani" vakolatli organga yuborishingiz zarur!

16
Chiroqchi tumanida yoshlar uchun kutubxona tashkil qilindi.

"14-fevral - Xalqaro kitob hadya qilish kuni"  munosabati bilan Adliya vazirligi yana bir maʼrifiy tashabbusni boshlab berdi.

Aksiya doirasida Prezident asarlari, oʻzbek adabiyoti durdonalari, jahon adabiyoti, huquqiy va bolalar adabiyotiga oid 200 dan ortiq turdagi kitob toʻplamlari mahallalarga yetkazildi.

16
AKSIYA DOIRASIDA XODIM O'Z ISHIGA QAYTA TIKLANDI

Shahrisabz shahar adliya bo'limi tomonidan xodimlarning oylik ish haqini o‘z vaqtida va yoki to‘liq berilmayotganligi, ish haqidan noqonuniy ushlab qolinayotganligi bo‘yicha onlayn murojaatlarni qabul qilish hamda hal etish aksiyasi doirasida  Shahrisabz shahar Uymovut mahallsida  yashovchi fuqaro N.Nabiyevaning murojaati o’rganildi.