Янгиликлар
28
“Yangi Oʻzbekistonni birgalikda quramiz” shiori ostida tashkil etilgan “Targʻibot poyezdi” Qashqadaryoda
Adliya vazirligi tomonidan Toshkent davlat yuridik universiteti bilan birgalikda Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi qabul qilinganining 31 yilligi munosabati bilan “Yangi Oʻzbekistonni birgalikda quramiz” shiori ostida “Targʻibot poyezdi” loyihasi doirasida talabalar Qashqadaryoga tashrif buyurishdi.
Targ'ibot guruhi a'zolari Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi mazmun-mohiyatini aholi, ayniqsa, yoshlar orasida keng targʻib qilish, fuqarolarimizning Konstitutsiyaga oid va huquqiy bilimlarini mustahkamlash maqasadida Qarshi Xalqaro Universitetiga tashrif buyurishdi.
Yoshlarning konstitusiyaviy bilimlarini mustahkamlash va ularning huquqiy madaniyatini yuksaltirish maqsadida yosh targʻibotchilar tomonidan turli interfaol oʻyinlar tashkil etildi.
“Targʻibot poyezdi” loyihasi doirasidagi tadbirlar 28-noyabr – 1-dekabr kunlari davomida viloyatimizdagi oliy ta'lim muassasalarida o'tkaziladi.