Янгиликлар
28
KONSTITUSIYA KELAJAGIMIZ POYDEVORI
KONSTITUSIYA KELAJAGIMIZ POYDEVORI
Davlat va jamiyat hayoti, uning barqaror taraqqiyoti kafolati Konstitutsiya hisoblanadi.
Joriy yilning 25 noyabr kuni Qashqadaryo viloyat adliya boshqarmasi boshlig'i O'rol Ostanov yaqinlashib kelayotgan 8-dekabr O'zbekiston Respublikasi Konstitusiyasi qabul qilingan sana munosabati bilan Yakkabog' tumanidagi 36 - maktabda "Konstitusiya kelajagimiz poydevori" mavzusida ochiq dars o'tib berdi.
Ochiq dars davomida boshqarma boshlig'i Konstitusiyaga kiritilgan yangi moddalar va ularning mazmun-mohiyati haqida to'xtalib o'tib, qomusimiz millat birligi va hamjihatligi, har bir fuqaroning haq-huquqlari hamda burch va majburiyatlari, insonparvar huquqiy demokratik davlat va fuqarolik jamiyati qurish asosi ekanligini ta'kidlab o'tdi.
Shuningdek, ushbu maktabdagi fan olimpiadalarida munosib o'rinlarni egallagan o'quvchilar hamda ularni ustozlarini rag'batlantirish maqsadida boshqarma boshlig'i tomonidan esdalik sovg'alari ulashildi.