Янгиликлар
01
Targ‘ibot poyezdi” loyihasidagi uchrashuvlar Qashqadaryo viloyat yuridik texnikumi bilan tashkil etildi.
Targ‘ibot poyezdi” loyihasidagi uchrashuvlar Qashqadaryo viloyat yuridik texnikumi bilan tashkil etildi.
Konstitutsiyamiz bosh qomus sifatida biz kunora duch keladigan huquqiy munosabatlarda to‘g‘ridan to‘g‘ri ishlovchi normalari bilan huquq va erkinliklarimizni talab qilish, majburiyatlarimizni vijdonan va vatanparvarlik ruhini xis qilgan holda bajarishimizda alohida o‘rin tutadi.
Tadbirlarning navbatdagisi Qashqadaryo viloyat adliya boshqarmasi binosida yuridik texnikum o'quvchilariga tashkil etildi.
Savol-javoblarga boy va mazmunli tarzda tashkil qilingan tadbirda texnikumning o'quvchilari o‘z savollariga Toshkent davlat yuridik universiteti tajribali professor-o‘qituvchi va iqtidorli talabalaridan tashkil topgan targ‘ibot guruhi a’zolaridan javoblar olishdi.
Shuningdek, tadbir yakunida faol ishtirokchilarga esdalik sovg‘alar, flayer va Konstitutsiya kitoblari tarqatildi.