Янгиликлар
04
#adliya_hudud
Qarshi, Kasbi tumanlari hamda Qarshi shahar adliya bo‘limlari tomonidan joriy yilning 1- 2- dekabr kunlari tumandagi qizil hudud toifasiga kirtilgan MFY larda ”Mahallalarda sodir etilayotgan jinoyatlarni oldini olishga qaratilgan huquqiy targ‘ibot tadbirlari bo‘yicha kompleks chora-tadbirlar dasturi” ijrosi yuzasidan aholi xonadonlariga tashrif buyurib, davra suhbatlari o‘tkazildi.
Shuningdek, tadbir ishtirokchilariga xotin-qizlarga berilayotgan imtiyozlar, shart- sharoitlar va huquqiy himoyasi hamda odam savdosi bilan bog‘liq bo‘lgan, gaz va elektr energiya sohasini takomillashtirishga oid normativ-huquqiy hujjatlar mazmun-mohiyati yuzasidan tushuntirishlar berildi.