Bog'lanish

Telefon
(+998 75) 230-01-76

Elektron manzil
qashqadaryo@adliya.uz

Habarni yuborish
Ishonch telefoni 1008

Янгиликлар

01

ADLIYA BOSHQARMASIDA VILOYAT YURIDIK XIZMAT XODIMLARI BILAN SEMINAR BO'LIB O'TDI


ADLIYA BOSHQARMASIDA VILOYAT YURIDIK XIZMAT XODIMLARI BILAN SEMINAR BO'LIB O'TDI

Qashqadaryo viloyat adliya boshqarmasi tomonidan joriy yilning 1-dekabr kuni viloyat hamda tuman (shahar) mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari yuridik xizmatlari xodimlari ishtirokida yer munosabatlari sohasidagi qonunchilik hujjatlarini huquqiy ekspertiza qilish bo‘yicha bilimlarini oshirishga qaratilgan qisqa muddatli o‘quv-seminari tashkil etildi.

Bundan tashqari, ularga kelgusi ish faoliyatida Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 19-yanvardagi PQ – 2733-son “Yuridik xizmat faoliyatini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi hamda Vazirlar Mahkamasining 2007-yil 22-noyabrdagi 244-son “Yuridik xizmatlar xodimlarini attestatsiyadan oʻtkazish va ularning malakasini oshirish tartibi toʻgʻrisidagi nizomni tasdiqlash toʻgʻrisida”gi qarorlariga qatʻiy amal qilinishi yuzasidan ko‘rsatmalar berildi.