Yangiliklar
Joriy yilning 24 sentabr kuni “Oila kuni” loyihasi doirasida viloyat adliya boshqarmasi xodimlarining oila a’zolari ishtirokida tadbir tashkil etildi.
Saylov kuni o‘z yashash joyida bo‘lish imkoniyatiga ega bo‘lmagan saylovchi muddatidan oldin ovoz berish huquqiga ega.
Shunga ko‘ra, davlat budjetidan moliyalashtiriladigan ayrim davlat tashkilotlarining tuman (shahar) bo‘linmalarida jami 1 182 ta yuridik xizmatlar shtat birliklari qisqartiriladi.
“Ochiq budjet” axborot portali orqali jamoatchilik fikri asosida shakllangan tadbirlarni moliyalashtirishni yanada kengaytirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi Prezident qarori qabul qilindi.
Ayrim saylovchilar sog‘lig‘ining holatiga yoki boshqa sabablarga ko‘ra ovoz berish binosiga kela olmagan hollarda, tegishli uchastka saylov komissiyasi ovoz berishni ushbu saylovchilarning iltimosiga binoan ular turgan joyda tashkil etadi.
Bugun adliya boshqarmasi tomonidan Qashqadaryo viloyat Yuridik texnikumi o‘quvchilari o‘rtasida “Biz huquq himoyachilari” ko‘rik tanlovi hamda kauching: “Mehnat munosabatlari” mavzusida amaliy dars tashkil etildi.
Ayni paytlarda muhim siyosiy jarayon — O’zbekiston Respublikasi Prezidenti saylovi arafasida turibmiz. Tan olishimiz kerak, so‘nggi besh yilda yurtimizda tub islohotlar amalga oshirildi va oshirilmoqda. Mana shu islohotlarni yanada jadallashtirish, aholi turmushini farovonlashtirish, pirovardida ko‘zlagan maqsadimizga yetishishimiz uchun Prezidentlik saylovlar rostdanda juda muhim jarayon hisoblanadi. Mamlakatimiz aholisini aksar qismini yoshlar tashkil etishini hisobga olgan holda yoshlarning ham bu jarayonda faol ishtiroki, kelajak uchun tanlov, kelajak uchun ovoz berishi g‘oyat ahamiyatlidir.
O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarori bilan yurtimizda 2021 yildan boshlab 22 sentabr Respublika bo‘yicha “Avtomobilsiz kun” sifatida e’lon qilingan.
Saylovchi saylov byulletenini olgach, uni yashirin ovoz berish kabinasida yoki xonasida to‘ldiradi. Saylov byulletenini to‘ldirish chog‘ida ovoz beruvchi shaxsdan boshqa shaxslarning hozir bo‘lishi taqiqlanadi. Saylov byulletenini mustaqil ravishda to‘ldirish imkoniyatiga ega bo‘lmagan saylovchi o‘z xohishiga ko‘ra yashirin ovoz berish kabinasiga yoki xonasiga boshqa shaxsni taklif qilishga haqli, bundan saylov komissiyasi tarkibiga kiradigan shaxslar, kuzatuvchilar va ommaviy axborot vositalari vakillari mustasno.
Qonunchilikka ko‘ra, 2022 yil 1 yanvargacha xususiy tibbiyot muassasalari (stomatologiya va kosmetologiya xizmatlaridan tashqari) tibbiy xizmatlar ko‘rsatishdan bo‘shaydigan mablag‘larni aholining ijtimoiy himoyaga muhtoj qatlamlariga bepul tibbiy xizmatlar ko‘rsatishga yo‘naltirganda barcha turdagi soliqlar to‘lashdan ozod etilgan.