Bog'lanish

Telefon
(+998 75) 230-01-76

Elektron manzil
qashqadaryo@adliya.uz

Habarni yuborish
Ishonch telefoni 1008

Янгиликлар

22

YANGI O’ZBYEKISTONDA SAYLOV VA YOSHLAR


Ayni paytlarda muhim siyosiy jarayon — O’zbekiston Respublikasi Prezidenti saylovi arafasida turibmiz. Tan olishimiz kerak, so‘nggi besh yilda yurtimizda tub islohotlar amalga oshirildi va oshirilmoqda. Mana shu islohotlarni yanada jadallashtirish, aholi turmushini farovonlashtirish, pirovardida ko‘zlagan maqsadimizga yetishishimiz uchun Prezidentlik saylovlar rostdanda juda muhim jarayon hisoblanadi. Mamlakatimiz aholisini aksar qismini yoshlar tashkil etishini hisobga olgan holda yoshlarning ham bu jarayonda faol ishtiroki, kelajak uchun tanlov, kelajak uchun ovoz berishi g‘oyat ahamiyatlidir.

Raqamlarga e’tibor qaratadigan bo‘lsak, 24 oktyabrdagi Prezidentlik saylovlarida 6 993 924 nafar saylovchi yoshlar ishtirok etadilar. Shundan 880 155 nafari ilk marta saylovda ishtirok etadigan yoshlardir.

Yoshlarning bu jarayonga faol ishtirok etishi uchun amaliy chora-tadbirlar allaqachon boshlangan. Xususan Yoshlar ishlari agentligi tomonidan yoshlarning huquqiy savodxonligini, elektoral madaniyatini oshirish, shuningdek, O’zbekiston Respublikasi Prezidenti saylovida yoshlarning faol ishtirokini ta’minlash maqsadida yoshsaylovchi.uz platformasi ishga tushganligi so‘zimiz isboti. Mazkur platforma orqali saylov jarayoni haqida zarur ma’lumotlarni olish, saylov uchastkasini aniqlash mumkin. Shuningdek, saytdan ro‘yxatdan o‘tgan holda saylovda volontyor yoki trener sifatida ishtirok etish imkoni ham yaratilgan.

Eng muhimi, yoshlarimizning saylovda to‘g‘ridan to‘g‘ri jarayonni kuzatishlari, xorijiy ekspertlar va vakillar bilan birgalikda tajriba orttirishlariga juda yaxshi imkoniyat bor. Ayniqsa, bu xorijiy tillarni bilgan yoshlarimizga zo‘r tajriba maydoni bo‘ladi. Buning uchun saytdan ro‘yxatdan o‘tgan holda saylovda volontyor yoki trener sifatida ishtirok etish imkoni yaratilgan.

Yoshlar yangicha fikrlaydigan, yangicha g‘oya va tashabbuslarni ilgari surishga moyil faol qatlamdir. Shu bilan birga, saylovchilarning asosiy qismini yoshlar tashkil etar ekan, oldimizda turgan siyosiy jarayonda ularning faol ishtiroki muhim ahamiyatga ega. Zero, yoshlarning saylov jarayonidagi faolligi, uyushqoqligi ularning davlat va jamiyat hayotidagi ishtirokini namoyon etadi.

Yoshlar va saylov. Shu bois ham oldimizda turgan saylov jarayonlarida yoshlarning faol ishtirokini ta’minlashga alohida e’tibor qaratilmoqda. Bunda aholi, jumladan, yoshlarning elektoral madaniyatini oshirish, axborot texnologiyalaridan foydalangan holda yoshlarga sodda, tushunarli tilda saylov jarayoni haqida targ‘ib qilish, xorijiy tajribalarni tahlil qilish ham muhimdir. Masalan, Germaniyaning saylov bo‘yicha tajribasida asosiy e’tibor tarqatma materiallarning aholiga tushunarli bo‘lishiga qaratilar ekan.

Bir so‘z bilan aytganda bugungi kunda - 24 oktabr Prezidentlik saylovi kuniga yoshlar ham har jihatdan puxta hozirlik ko‘rmoqda, deyish mumkin.

Men ham yoshlarning bir vakili sifatida o‘zimning huquqlarimdan foydalanib tengdoshlarim qatori saylovda faol ishtirok etaman.

Qashqadaryo viloyati

yuridik texnikumining

202-guruh talabasi                                              Guli ISKANDAROVA