Bog'lanish

Telefon
(+998 75) 230-01-76

Elektron manzil
qashqadaryo@adliya.uz

Habarni yuborish
Ishonch telefoni 1008

Янгиликлар

24

Oilam – mening faxrim!


Joriy yilning 24 sentabr kuni “Oila kuni” loyihasi doirasida viloyat adliya boshqarmasi xodimlarining oila a’zolari ishtirokida tadbir tashkil etildi.

Mazkur tadbirda adliya organlari xodimlarining oila a’zolari viloyat adliya boshqarmasi binosiga taklif qilinib, boshqarmada mavjud shart-shariotlar, yaratilgan imkoniyatlar va boshqarma kutubxonasidagi ba’diy kitoblar bilan tanishtirildi hamda ularga soha faoliyati haqida qisqacha tushuntirishlar berildi.

Shuningdek, bolajonlar uchun tashkil etilgan qug‘irchoq teatri sahna ko‘rinishlari, musiqali chiqishlar, rasm, shaxmat, shashka va boshqa turli interaktiv uyinlar tadbirga o‘zgacha ko‘rk bag‘ishladi.

Tadbir davomida bolajonlar uchun tashkil etilgan bayramona dasturxondagi tort va boshqa shirinliklar murg‘ak qalb egalariga o‘zgacha xursandchilik olib keldi.

Tadbir turli musiqali chiqishlar bilan davom ettirilib, tadbir yakunida bolajonlar esdalik sovg’alari bilan taqdirlandilar.