Янгиликлар
Huquq himoyachilari targ‘ibot tadbiri tashkil etildi.
Bugun adliya boshqarmasi tomonidan Qashqadaryo viloyat Yuridik texnikumi o‘quvchilari o‘rtasida “Biz huquq himoyachilari” ko‘rik tanlovi hamda kauching: “Mehnat munosabatlari” mavzusida amaliy dars tashkil etildi.
“Biz huquq himoyachilari” ko‘rik tanlovi 2 ta guruhdan iborat bo‘lgan talabalar o‘rtasida 2 ta shart asosida tashkil etildi.
Guruhlar bajarilgan shartlar asosida baholab borilib, 1-shartda o‘quvchilarning erkin fikri, mavzuni to‘liq tushuntirib berish, 2-shartda savol-javob va testlarni yechish bilan baholab borildi.
Savol-javoblar shartida saylov qonunchiligi, mehnat huquqi, shartnomaviy munosabatlar va boshqa mavzulardan iborat bo‘lgan savollar krasvord shaklida tayyorlandi.
Mazkur tanlovni o‘tkazishdan asosiy maqsad texnikum o‘quvchilarida o‘z sohasiga bo‘lgan qiziqish va bilimini yanada oshirish, o‘z ustida ishlash ishtiyoqini oshirishdir.
Shuningdek, tadbir davomida tashkil etilgan kauchinglar orqali o‘quvchilar nazariyadan olgan bilimlarni amaliyotda qo‘llab kurish imkoniyati yaratilib, malakali huquqshunos bo‘lishga xizmat qilishiga turtki bo‘ldi.