Bog'lanish

Telefon
(+998 75) 230-01-76

Elektron manzil
qashqadaryo@adliya.uz

Habarni yuborish
Ishonch telefoni 1008

Янгиликлар

21

Xususiy shifoxona tomonidan kimlar bepul davolanishi mumkin?


Qonunchilikka ko‘ra, 2022 yil 1 yanvargacha xususiy tibbiyot muassasalari (stomatologiya va kosmetologiya xizmatlaridan tashqari) tibbiy xizmatlar ko‘rsatishdan bo‘shaydigan mablag‘larni aholining ijtimoiy himoyaga muhtoj qatlamlariga bepul tibbiy xizmatlar ko‘rsatishga yo‘naltirganda barcha turdagi soliqlar to‘lashdan ozod etilgan.

Bunda, soliq imtiyozi taqdim etilgan xususiy tibbiyot muassasalari tomonidan aholining quyidagi ijtimoiy himoyaga muhtoj qatlamlariga bepul tibbiy xizmatlar ko‘rsatiladi:

-            o‘zgalarning parvarishiga muhtoj bo‘lgan yolg‘iz keksalar va yolg‘iz yashovchi keksalar;

-            I va II guruh nogironligi bo‘lgan shaxslar, nogironligi bo‘lgan bolalar;

-            muomalaga layoqatsiz va muomala layoqati cheklangan fuqarolar;

-            ijtimoiy ahamiyatga molik kasalliklarga chalingan shaxslar;

-            etim bolalar va ota-ona qaramog‘idan mahrum bo‘lgan bolalar;

-            1941–1945 yillardagi urush nogironlari va qatnashchilari, shuningdek ularga tenglashtirilgan shaxslar;

-            1941–1945 yillardagi urush davrida mehnat jabhasining qatnashchilari;

qonun hujjatlarida belgilangan tartibda ijtimoiy himoyaga muhtoj deb topilgan boshqa shaxslar.