Yangiliklar
Qashqadaryo viloyat adliya boshqarmasi tomonidan profilaktik kuzatuv tadbiri jarayonida “AVTORITET” xizmat koʻrsatish belgisidan huquq egasining ruxsatisiz foydalanilayotganlik holati aniqlandi.
Qarshi shahrida joylashgan mahalliy tadbirkor tomonidan xizmat ko`rsatish binosi peshtoqida “AVTORITET” so‘zidan (2018-yil 11-yanvarda, 2019-yil 11-aprelda va 2022-yil 13-yanvarda "TEXNIK DIZEL SERVIS" MChJga “AVTORITET / АВТОРИТЕТ” so‘z ko‘rinishdagi tovar belgisi uchun MGU 33076, MGU 35647, MGU 43725-sonli guvohnomalar berilgan va huquqiy muhofazaga ega) qonunga xilof ravishda foydalanib kelingan.
Mazkur holat boʻyicha viloyat adliya boshqarmasining qonun hujjatlarining buzilishi, ularning sabablari va bunga olib keluvchi shart-sharoitlarni bartaraf etish toʻgʻrisidagi taqdimnomasiga asosan “AVTORITET” soʻzi bino peshtoqidan olib tashlanib, huquqbuzarlik holati bartaraf etildi.
Kasbi tuman adliya bo‘limi va yuridik xizmat ko‘rsatish markazi bilan hamkorlikda tumandagi 2 va 27-sonli umumta’lim maktablarida targ‘ibot tadbiri tashkil etildi.
Tadbirda ota-onalar, o‘qituvchilar ishtirok etib, ularga maktablariga bolalarni qabul qilish, bir maktabning o‘zida bolani bir sinfdan boshqasiga o‘tkazish yoki bir maktabdan boshqa maktabga ko‘chirish tartiblari hamda umumta’lim maktablari faoliyatiga doir boshqa qonun hujjatlarining mazmun-mohiyati tushuntirildi.
"Yurt tarovati " gazetasining 17-oktyabr sonida adliya boshqarmasi va yuridik xizmat koʻrsatish markazlari xodimlarini maqolalari chop etildi⚡️⚡️⚡️
Kitob tuman Adliya bo'limi Davlat xizmatlari markazi xodimlari hamda Sharq yulduzi mahalla fuqarolar yig'ini, xotin-qizlar faollari bilan birgalikda 15-oktabr-“Xalqaro qishloq ayollari kuni”ga bag'ishlab qishloq ayollariga huquqiy savodxonligini oshirish maqsadida sayyor qabul tashkillashtirildi.
BMT Bosh Assambleyasining 2007-yil 18-dekabrdagi “Qishloq hududlarida ayollarning ahvolini yaxshilash” toʻgʻrisidagi rezolyutsiyasiga asosan, 15-oktyabr Xalqaro qishloq ayollari kuni deb eʼlon qilingan. Shu munosabat bilan Qarshi shahar Adliya bo'limi,Qarshi shahar yuridik texnikumi, shahar hokimligi, "Shayxali" MFY Raisi, xotin-qizlar faollari bilan hamkorlikda shaharning "Shayxali" MFY hududida "15-oktabr-Xalqaro qishloq ayollari kuni" tadbiri tashkil etildi.
Nogironligi bo'lgan shaxslarni ishga qabul qilgan ish beruvchilar uchun yaxshi yangilik e'lon qilindi
Qashqadaryo viloyati yuridik texnikumi oʻquvchilari uchun viloyat adliya boshqarmasi boʻlim boshligʻi A.Xudoyberdiyev tomonidan “Shaxsning huquqiy maqomi. Teng huquqlilik va gender tengligi” mavzusida kouching boʻlib oʻtdi.
“Саноат ишлаб чиқаришида хомашё узлуксизлигини таъминлаш бўйича қўшимча қулайликларни яратиш чора-тадбирлари тўғрисида”ги Президент қарори (ПҚ–392-сон, 12.10.2022 й.) қабул қилинди.
Joriy yilning 12-13-oktabr kunlari Respublikaning barcha hududlaridan taklif etilgan jurnalist va blogerlar uchun Adliya vazirligi tomonidan 2 kunlik seminar -trening tashkil etildi.