Янгиликлар
14
Ayollarga hiquqiy ko'mak
BMT Bosh Assambleyasining 2007-yil 18-dekabrdagi “Qishloq hududlarida ayollarning ahvolini yaxshilash” toʻgʻrisidagi rezolyutsiyasiga asosan, 15-oktyabr Xalqaro qishloq ayollari kuni deb eʼlon qilingan. Shu munosabat bilan Qarshi shahar Adliya bo'limi,Qarshi shahar yuridik texnikumi, shahar hokimligi, "Shayxali" MFY Raisi, xotin-qizlar faollari bilan hamkorlikda shaharning "Shayxali" MFY hududida "15-oktabr-Xalqaro qishloq ayollari kuni" tadbiri tashkil etildi.
Tadbir davomida xotin-qizlarga huquqiy maslahatlar berildi.Ularni qiynab kelayotgan muammolarga adliya xodimlari tomonidan tushuntirishlar olib borildi hamda ayollarning huquq va erkinliklarini to'g'risidagi huquqiy qo'llanmalar tarqatildi.