Bog'lanish

Telefon
(+998 75) 230-01-76

Elektron manzil
qashqadaryo@adliya.uz

Habarni yuborish
Ishonch telefoni 1008

Yangiliklar

20
Kitob tumanida Oʼzbek tili bayrami arafasida targ`ibot tadbirlari davom etmoqda

Kitob tuman davlat xizmatlari markazida Oʼzbek tili bayrami kuni munosabati bilan tuman hokimligi hamda Milliy tiklanish partiyasi viloyat kengashi vakillari, Kitob tuman Аdliya boʼlimi hamkorligida davra suhbati oʼtkazildi. Unda oʼzbek tilining boy imkoniyatlari, bu imkoniyatlarni ishga solishda, tashkilotlarning nom olishida markaz xodimlari tomonidan olib borilayotgan targʼibot ishlari ahamiyati haqida ham soʼz bordi.

20
Sayyor xizmatlar

Shahrisabz tuman FXDY bo'limi, Shahrisabz tuman Adliya bo'limi va tuman IIB xodimlari 15 oktabr "Xalqaro qishlok ayollari kuni munosabati bilan Shaxrisabz tuman tog'li xududlardagi ayollar bilan uchrashuvlar o'tkazib, ularning qiynab kelayotgan muammolar haqida suhbat olib borildi. Qishloq ayollariga qonunchilikdagi yangiliklar bo'yicha batafsil ma'lumotlar berildi.

20
Adliya hudud

Qashqadaryo viloyati adliya boshqarmasi, Koson tuman Yuridik xizmat ko'rsatish markazi xodimlari Qashqadaryo viloyati UNICON SOFT MCHJ Qashqadaryo filiali xodimlari va Koson tuman Hokimiyati vakillari bilan hamkorlikda O'zbekiston Respublikasi Prezidentining "Yuridik xizmat ko'rsatish markazi faoliyatini yanada kengaytirish chora tadbirlari to'g'risidagi PQ-173-sonli qarori yuzasidan tumandagi barcha davlat organlari va tashkilotlar mutasaddi xodimlari va rahbarlari ishtirokida katta yig'ilish o'tkazildi.

19
Siyosiy partiyada va davlat organlarida ijro intizomini tashkil etish va ta’minlashning o‘ziga xos jihatlari.

Qashqadaryo viloyat adliya boshqarmasi va O‘zbekiston Ekologik partiyasi Qashqadaryo viloyat partiyasi tashkilotida “Siyosiy partiyada va davlat organlarida ijro intizomini tashkil etish va ta’minlashning o‘ziga xos jihatlari” mavzusida seminar tadbiri tashkil etildi.

19
Fuqarolar bilan muloqot inson huquqlarining ta'minlanishi bosh omilidir

Qashqadaryo viloyat xokimi tomonidan tasdiqlangan rejaga asosan Inson huquqlari bo'yicha (Ombudsman)ning Qashqadaryo viloyat vakili, O'zbekiston Respublikasi Prezidentining Xalq qabulxonasi Qashqadaryo viloyat rahbari, G'uzor tuman hokimligi, tuman prokurori,G'uzor tuman adliya bo'limi,tuman IIB boshlig'i MFY raislari, hokim yordamchilari, yoshlar yetakchilari, xotin-qizlar faoli, tumandagi tashkilot rahbarlari  hodimlari ishtirokida, “O'zbekiston Respublikasi Konstitusiyasi  va unga kiritilayotgan o'zgartirishlar Inson huquq va erkinliklarini ta'minlash asosiy kafolati” va  “Fuqarolar bilan muloqot inson huquqlarining ta'minlanishi bosh omilidir” mavzusida davra suxbati bo'lib o'tdi.

18
Hafta davomida amalga oshirilishi lozim boʻlgan masalalar muhokama qilindi



Gʻuzor tumani hokimi Bekzod Suyunov boshchiligida hokimlik faollar zalida hafta davomida amalga oshirilishi lozim boʻlgan bir qator masalalar muhokama qilindi.

Unda tadbirkorlikni rivojlantirish uchun yer uchastkalarni auksion savdosiga joylashtirish, eksport pragnoz koʻrsatkichlarini ijrosini taʼminlash, 21-oktyabr —Oʻzbek tili bayramini yuqori saviya oʻtkazish, mahallalardagi hokim yordamchilari faoliyati, tibbiy xizmatlarni yaxshilash va fuqarolar murojaatlari bilan ishlash kabi masalalar koʻrib chiqildi.

Shuningdek, muhokamadagi barcha masalalar boʻyicha masʼul hodimlarning hisoboti tinglanib, mutasaddi tashkilot rahbarlarga vazifalar yuklatildi.

Bizni kuzatib boring!

18
OAV biz haqimizda

"Darakchi" gazetasining navbatdagi sonida Koson tuman 2- toifali inspektori Iroda Shamsiyevaning "Topib olongan va tashlab ketilgan bolalar" haqidagi maqolasi chop etildi.

18
Bilasizmi

Oʻzbekistonda notarial tasdiqlangan arizalar, ijara shartnomalari va ishonchnomalar asosida notarial harakatni amalga oshirishda shaxslar tomonidan ushbu hujjatning asl nusxasi taqdim etilmasdan, uning oʻrniga notarial harakatning noyob raqami bilan murojaat qilish mumkin.

(https://lex.uz/docs/4138215#4140546) Bunda, notarius tizim orqali noyob raqam yoki murojaat qiluvchining JSHSHIR orqali hujjatlarni tekshiradi va shu asosda notarial harakatlarni amalga oshiradi.

18
Mehnat tashkiloti mehnat huquqlarini buzdi

  Fuqaro S.Xolova 2019 yil 26 apreldan 2022 yil 13 iyunga qadar Qarshi shahar Aholi bandligiga ko‘maklashish markazining kasbga qayta tayyorlash va uni tashkil qilish sho‘basi mudiri vazifasida ishlab kelayotgan edi, Qarshi shahar Aholi bandligiga ko‘maklashish markazi direktorining 2022 yil 13 iyundagi №33-K-sonli buyrug‘i bilan uni markazning 4-sektoriga ishga joylashtirish mehnat inspektori lavozimiga doimiy ishga g‘ayriqonuniy tarzda o‘tkazib, asos sifatida markaz kasaba uyushmasining 2022 yil 13 iyundagi yig‘ilish bayoni ko‘rsatganligini, bundan tashqari, ish beruvchi tomonidan S.Xolovani boshqa lavozimga o‘tkazishda roziligi olinmaganligidan norozi bo'lib,viloyat adliya boshqarmasiga ariza bilan murojaat qiladi, zero O‘zbekiston Respublikasi Mehnat kodeksining 92-moddasida xodimni boshqa doimiy ishga o‘tkazishga - boshqa mutaxassislik, malaka, lavozimga oid ishni topshirishga faqat xodimning roziligi bilan yo‘l qo‘yilishi mumkinligi ko‘rsatilgan.

      Dastlabki sud majlisida so‘ralgan javobgar Qarshi shahar Aholi bandligiga ko‘maklashish markazi vakili A.Xusanov o‘zining tushuntirishida da’voni tan olmasdan, S.Xolova o‘ziga berilgan topshiriqlarni o‘z vaqtida sifatli tayyorlab bermaganligi sababli 2022 yil 13 iyundagi markaz kasaba uyushmasi yig‘ilish bayoniga ko‘ra uni boshqa lavozimga o‘tkazish haqida buyruq chiqarilganligini, ushbu buyruq nusxasi S.Xolovaga pochta orqali yuborilmaganligini, o‘zlarining telegramm gruppasiga tashlanganligini bayon qildi.  

17
TAYINLOV

CHIROQCHI TUMAN ADLIYA BO‘LIMI YURIDIK XIZMAT KO‘RSATISH MARKAZIGA RAHBAR TAYINLANDI