Bog'lanish

Telefon
(+998 75) 230-01-76

Elektron manzil
qashqadaryo@adliya.uz

Habarni yuborish
Ishonch telefoni 1008

Янгиликлар

20

Kitob tumanida Oʼzbek tili bayrami arafasida targ`ibot tadbirlari davom etmoqda


Kitob tuman davlat xizmatlari markazida Oʼzbek tili bayrami kuni munosabati bilan tuman hokimligi hamda Milliy tiklanish partiyasi viloyat kengashi vakillari, Kitob tuman Аdliya boʼlimi hamkorligida davra suhbati oʼtkazildi. Unda oʼzbek tilining boy imkoniyatlari, bu imkoniyatlarni ishga solishda, tashkilotlarning nom olishida markaz xodimlari tomonidan olib borilayotgan targʼibot ishlari ahamiyati haqida ham soʼz bordi.

Shu kuni markaz xodimlari oʼrtasida oʼtkazilgan diktantlar tanlovi gʼoliblariga tashkilotchilarning faxriy yorliqlari va kitoblari topshirildi.