Янгиликлар
Mehnat tashkiloti mehnat huquqlarini buzdi
Fuqaro S.Xolova 2019 yil 26 apreldan 2022 yil 13 iyunga qadar Qarshi shahar Aholi bandligiga ko‘maklashish markazining kasbga qayta tayyorlash va uni tashkil qilish sho‘basi mudiri vazifasida ishlab kelayotgan edi, Qarshi shahar Aholi bandligiga ko‘maklashish markazi direktorining 2022 yil 13 iyundagi №33-K-sonli buyrug‘i bilan uni markazning 4-sektoriga ishga joylashtirish mehnat inspektori lavozimiga doimiy ishga g‘ayriqonuniy tarzda o‘tkazib, asos sifatida markaz kasaba uyushmasining 2022 yil 13 iyundagi yig‘ilish bayoni ko‘rsatganligini, bundan tashqari, ish beruvchi tomonidan S.Xolovani boshqa lavozimga o‘tkazishda roziligi olinmaganligidan norozi bo'lib,viloyat adliya boshqarmasiga ariza bilan murojaat qiladi, zero O‘zbekiston Respublikasi Mehnat kodeksining 92-moddasida xodimni boshqa doimiy ishga o‘tkazishga - boshqa mutaxassislik, malaka, lavozimga oid ishni topshirishga faqat xodimning roziligi bilan yo‘l qo‘yilishi mumkinligi ko‘rsatilgan.
Dastlabki sud majlisida so‘ralgan javobgar Qarshi shahar Aholi bandligiga ko‘maklashish markazi vakili A.Xusanov o‘zining tushuntirishida da’voni tan olmasdan, S.Xolova o‘ziga berilgan topshiriqlarni o‘z vaqtida sifatli tayyorlab bermaganligi sababli 2022 yil 13 iyundagi markaz kasaba uyushmasi yig‘ilish bayoniga ko‘ra uni boshqa lavozimga o‘tkazish haqida buyruq chiqarilganligini, ushbu buyruq nusxasi S.Xolovaga pochta orqali yuborilmaganligini, o‘zlarining telegramm gruppasiga tashlanganligini bayon qildi.
Sud, ish bo‘yicha taraflarning tushuntirishini eshitib, ish bo‘yicha to‘plangan hujjatlar bilan tanishib va mavjud dalillarga tegishlicha baho berib, quyidagi xulosaga keldi.
Javobgar Qarshi shahar Aholi bandligiga ko‘maklashish markazi tomonidan S.Xolovani boshqa ishga o‘tkazishda uning roziligi olinmagan, bu bilan xodimning mehnatga oid huquq va manfaatlarini paymol etilgan. Binobarin, O‘zbekiston Respublikasi Mehnat kodeksining 92-moddasida b92-moddasida boshqa doimiy ishga o‘tkazishga (xodimning mehnat vazifalarini o‘zgartirishga) — unga boshqa mutaxassislik, malaka, lavozimga oid ishni topshirishga faqat uning roziligi bilan yo‘l qo‘yilishi mumkinligi, agar ob’ektiv sabablarga ko‘ra (100-modda ikkinchi qismining 1, 2 va 6-bandlari va 106-moddaning 2-bandi) mehnat shartnomasida belgilab qo‘yilgan mehnat vazifasi doirasida ishni davom ettirish mumkin bo‘lmasa, ish beruvchi xodimga mutaxassisligi va malakasiga muvofiq keladigan ishni (xodim bajarayotgan ishiga yoki egallab turgan lavozimiga nomuvofiq bo‘lsa, mutaxassisligi bo‘yicha bir muncha kam malaka talab etiladigan boshqa ishni), bunday ish bo‘lmagan taqdirda esa, — korxonada mavjud bo‘lgan boshqa ishni taklif etishi shartligi, xodim boshqa ishga o‘tishdan bosh tortgan yoki korxonada muvofiq keladigan ish bo‘lmagan taqdirda, mehnat shartnomasi umumiy asoslarda bekor qilinishi mumkinligi ko‘rsatilgan.
Adliya aralashgach
Da’vogar Qashqadaryo viloyat Adliya boshqarmasining fuqaro Xolova Sayyora Elmurodovna manfaatini ko‘zlab javobgar Qarshi shahar Aholi bandligiga ko‘maklashish markaziga nisbatan boshqa ishga o‘tkazish haqidagi buyruq bekor qilindi, avvalgi ish joyiga tiklash haqidagi da’vo talablari qanoatlantirildi.
Xolova Sayyora Elmurodovna Qarshi shahar Aholi bandligiga ko‘maklashish markazining kasbga qayta tayyorlash va uni tashkil qilish sho‘basi mudiri vazifasiga ishga tiklandi..
Javobgar Qarshi shahar Aholi bandligiga ko‘maklashish markazidan davlat foydasiga 600.000 so‘m davlat boji undirildi.