Bog'lanish

Telefon
(+998 75) 230-01-76

Elektron manzil
qashqadaryo@adliya.uz

Habarni yuborish
Ishonch telefoni 1008

Янгиликлар

17

Adliya xabari


Qashqadaryo viloyat adliya boshqarmasi tomonidan profilaktik kuzatuv tadbiri jarayonida “AVTORITET”  xizmat koʻrsatish belgisidan huquq egasining ruxsatisiz foydalanilayotganlik holati aniqlandi.

Qarshi shahrida joylashgan mahalliy tadbirkor tomonidan xizmat ko`rsatish binosi peshtoqida “AVTORITET” so‘zidan  (2018-yil 11-yanvarda, 2019-yil 11-aprelda va 2022-yil 13-yanvarda "TEXNIK DIZEL SERVIS" MChJga “AVTORITET / АВТОРИТЕТ” so‘z ko‘rinishdagi tovar belgisi uchun  MGU 33076, MGU 35647, MGU 43725-sonli guvohnomalar berilgan va huquqiy muhofazaga ega) qonunga xilof ravishda foydalanib kelingan.

Mazkur holat boʻyicha viloyat adliya boshqarmasining qonun hujjatlarining buzilishi, ularning sabablari va bunga olib keluvchi shart-sharoitlarni bartaraf etish toʻgʻrisidagi taqdimnomasiga asosan “AVTORITET” soʻzi bino peshtoqidan olib tashlanib, huquqbuzarlik holati bartaraf etildi.