Bog'lanish

Telefon
(+998 75) 230-01-76

Elektron manzil
qashqadaryo@adliya.uz

Habarni yuborish
Ishonch telefoni 1008

Янгиликлар

14

Subsidiya olish bo'yicha yangi xizmat ishga tushdi — YAgona portal


Nogironligi bo'lgan shaxslarni ishga qabul qilgan ish beruvchilar uchun yaxshi yangilik e'lon qilindi.

Endilikda my.gov.uz orqali nogironligi bo'lgan shaxslarni ishga qabul qilgan ish beruvchilar subsidiya olishlari mumkin.

Arizalar 3 ish kunida ko'rib chiqiladi.

Bunda nogironligi bo'lgan shaxslarni ishga qabul qilgan ish beruvchilar (budjet tashkilotlari, davlat korxonalari, ustav jamg'armasi (kapitali)da davlat ulushi 50 foiz va undan ortiq bo'lgan yuridik shaxslar bundan mustasno) – har bir xodim uchun 6 oy davomida har oy bazaviy hisoblash miqdorining 1,5 baravari miqdorida subsidiya olishlari mumkun.

Bandlikka ko'maklashish markazi ishga qabul qilingan nogironligi bo'lgan shaxslarning haqiqatan ishlayotganligini monitoring qilib boradi.

Xizmatdan foydalanish bepul, shuningdek, juda oson va qulay.