Yangiliklar
Qashqadaryo viloyati yuridik texnikumida "Jinoyat va fuqarolik ishlari bo'yicha o'quvchilar o'rtasida namunaviy sud protsessi" tanlovining hududiy bosqichi bo'lib o'tdi.
Бугун, 27 октябрь куни Нишон тумани ҳокимлиги мажлислар залида Нишон тумани Адлия бўлими бошлиғи Мансур Абраев ва туман ҳокимининг биринчи ўринбосари Эркин Бобоқулов бошчилигида ўқув семинари бўлиб ўтди.
Qashqadaryo viloyat adliya boshqarmasi tuman (shahar) Davlat xizmatlari markazlari orqali 2022 yil 9 oyi davomida jami 702.426 ta davlat xizmatlari ko'rsatilgan bo'lib, 2021 yil 9 oyi davomida 496.610 ta xizmatlar ko'rsatilgan.Natijada xizmatlar soni 205.816 taga ko'paygan.
Qashqadaryo viloyat adliya boshqarmasi boshlig`i o`rinbosari X.Nasimov, D.Xudoyqulov, S.Turapov va Unicon Soft MCHJ xodimi E.Ruzimurodovlar ishtirokida Shahrisabz tuman yuridik xizmat ko`rsatish markaziga biriktirilgan davlat tashkilotlari faoliyatlarida uchrayotgan tizimli xato va kamchiliklarni bartaraf etish yuzasidan Shahrisabz tuman hokimligi majlislar zalida ochiq muloqot tarzidagi umumiy yig`ilish bo`lib o`tdi.
Kasbi tumanida joylashgan “Oziq-ovqat Dehqon bozori” MCHJda huquqiy targ'ibot tadbiri bo'lib o'tdi.
Xabaringiz bor Adliya vazirligi tomonidan kontrafakt mahsulotlar katalogini doimiy yangilanib boruvchi elektron shaklli QR-kod orqali ma'lumotlar olish imkoniyati yaratildi.
Xabaringiz bor, Adliya vazirligi tizimidagi ta'lim muassasalarida o‘qiyotgan talaba-o‘quvchilar uchun "Jadid tafakkuri" stipendiyasi tanlovi bo‘lib o'tishi belgilangan.
Yakkabog' tuman adliya bo'limi, davlat xizmatlari markazi xodimlari, Yakkabog' tuman IIB profilaktika inspektori va tuman FXDY bo'limi bilan hamkorlikda "Xo'jailg'or" MFY hududida sayyor qabul o'tkazildi.
Қашқадарё вилояти ҳокимлигида жорий йил Вазирлар Маҳкамасининг тегишли қарори билан қабул қилинган давлат фуқаролик хизматчилари намунавий қоидалари ҳамда одоб-ахлоқ комиссияси тўғрисидаги намунавий низом ва одоб-ахлоқ комиссиясини тўғрисидаги низомни масъул ходимларга батафсил тушунтириш мақсадида семинар ўтказилди.
Qashqadaryo viloyat adliya boshqarmasi tomonidan joriy yilning 24-oktabr kuni viloyat hokimligi binosida Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 14-oktabrdagi "Davlat fuqarolik xizmatchilari tomonidan odob-axloq qoidalariga rioya qilinishini ta'minlash bo'yicha qo'shimcha chora-tadbirlar to'g'risida"gi 595-son qarorining mazmun-mohiyatini davlat xizmatchilari o'rtasida tushuntirish yuzasidan semenar tashkil etildi.
Mazkur semenarda viloyat hokimligi hamda Davlat xizmatlarini rivojlantirish agentligi Qashqadaryo viloyat filialining 70 dan ortiq xodimlari ishtirok etishdi.
Viloyat adliya boshqarmasi boshlig'i o'rinbosari X.Nasimov tomonidan ishtirokchilarga, odob-axloq qoidalari davlat xizmatida yuksak kasbiy madaniyatni shakllantirish, jamoatchilik ongida davlat xizmatiga bo‘lgan hurmat va ishonchni oshirish hamda davlat xizmatchilarining axloq qoidalariga zid bo‘lgan xatti-harakatlarining oldini olishga qaratilganligi aytib o'tildi.
Semenar ishtirokchilari tomonidan berilgan savollarga javoblar berildi.