Bog'lanish

Telefon
(+998 75) 230-01-76

Elektron manzil
qashqadaryo@adliya.uz

Habarni yuborish
Ishonch telefoni 1008

Yangiliklar

02
Respublika ilmiy-amaliy konferensiya tashkil etildi.

Bugun Qashqadaryo viloyati adliya boshqarmasi binosining faollar zalida Qashqadaryo viloyati yuridik texnikumi tashabbusi bilan "O'zbekistonning jahon hamjamiyati bilan integrasiyalashuvining dolzarb masalalari va uning huquqiy asoslari" mavzusida Respublika ilmiy-amaliy konferensiya tashkil etildi.

02
Sayyor qabul

Nishon tuman adliya bo‘limi hamda tuman yuridik xizmat ko‘rsatish markazi rahbarlari tomonidan Nishon tumani “Oydin” MFYda aholi o‘rtasida sayyor qabul o‘tkazildi.

02
O‘zimiz keldik

Kitob tuman adliya bo‘limi, davlat xizmatlari markazi, FHDY va yuridik xizmat ko‘rsatish markazi tomonidan "O‘zimiz keldik" shiori ostida hamkor tashkilotlar bilan birgalikda "Varganza" MFY hududida yashovchi fuqarolar va tadbirkorlar ishtirokida sayyor qabul  tashkil etildi.

02
SHAHRISABZ TUMANIDA FUQAROLAR BILAN NAVBATDAGI SAYYOR QABUL O'TKAZILDI

Xabaringiz bor, Qashqadaryo viloyatida aholining huquqiy muammolarini aniqlash va uni bartaraf etish bo‘yicha manzilli choralar ko‘rish, shuningdek, fuqarolarning huquqiy savodxonligini oshirish maqsadida adliya vaziri o'rinbosari A.Muhammadiyev tomonidan hududlarda ochiq muloqotlar, sayyor qabullar o‘tkazilmoqda.

01
"JAR" MFY DA AHOLI MUROJAATLARI IJOBIY YECHIM TOPDI

Chiroqchi tumani "Jar" mahalla fuqarolar yig'inida tashkil etilgan sayyor qabul jarayonida, 130  ga yaqin fuqarolar ishtirok etib, 90 dan ortiq  fuqarolarning murojaati tinglandi, 10 ta murojaatlar joyida hal qilindi, 28 ta murojaatlar ish yurituviga olindi. Fuqarolarning 70  ga yaqiniga huquqiy tushuntirishlar berildi, 20  ta davlat xizmatlari ko`rsatilib, 2 ta nogironlik aravachasi, 3 dona payvandlash uskunasi hamda 1 dona tikuv mashinasi berilib, oʻrganishni talab qiladigan masalalarning ijrosi nazoratga olindi.

01
G'uzor tumanida "Biz zo'ravonlikka qarshi birgalikda kurashamiz" shiori ostida tadbir tashkil etildi.

Tadbirda tuman prokuraturasi, adliya, Oila va xotin-qizlar bo‘limlari, IIB va boshqa tashkilot vakillari ishtirok etishdi.

28
MIGRATSIYADAGI YOSHLAR BILAN ONLAYN MULOQOT

MIGRATSIYADAGI YOSHLAR BILAN ONLAYN MULOQOT

G'uzor tumani adliya bo'limi, YXKM va  DXM xodimlari hamda tegishli mas'ullar tomonidan 4-sektor hududida joylashgan "Tengdosh" MFYda  uyushmagan yoshlar hamda migratsiyadagi yoshlar bilan  uchrashuv o'tkazildi.

28
KOSON TUMANIDA AHOLI MUROJAATLARI SAYYOR TARTIBDA O'RGANILDI

Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vaziri oʻrinbosari A.Muhammadiyev hamda  sektor rahbarlari ishtirokida Qashqadaryo viloyatining Koson  tumanida sayyor qabul tashkil etildi.   Tumanning "Nartichuqur" mahallasida o'tkazilgan sayyor qabulda 150 ga yaqin fuqarolar o'z masalalariga echim topish umidida tashrif buyurdi.

28
Adliya hudud

Shahrisabz Pedagogika institutida shahar adliya bo‘limi tomonidan Shahrisabz tumanlararo FIB sudi, tumanlararo Iqtisodiy sudi sudyalari bilan hamkorlikda “Inson huquqlari oliy qadriyat” hamda “Vorislik huquqi” mavzusida talabalar o‘rtasida  davra suhbati o‘tkazilidi.

28
NODAVLAT TASHKILOTLAR UCHUN SAYYOR QABUL TASHKIL ETILDI

Qarshi shahar Nodavlat notijorat tashkilotlar uyida Viloyat adliya boshqarmasining oʻrinbosari va nodavlat notijorat tashkilotlar boʻlimi boshligʻi  tomonidan sayyor qabul oʻtkazildi.