Bog'lanish

Telefon
(+998 75) 230-01-76

Elektron manzil
qashqadaryo@adliya.uz

Habarni yuborish
Ishonch telefoni 1008

Янгиликлар

28

KOSON TUMANIDA AHOLI MUROJAATLARI SAYYOR TARTIBDA O'RGANILDI


Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vaziri oʻrinbosari A.Muhammadiyev hamda  sektor rahbarlari ishtirokida Qashqadaryo viloyatining Koson  tumanida sayyor qabul tashkil etildi.   Tumanning "Nartichuqur" mahallasida o'tkazilgan sayyor qabulda 150 ga yaqin fuqarolar o'z masalalariga echim topish umidida tashrif buyurdi.

Koson tumani hududi jihatidan viloyatning eng katta tumanlaridan biri hisoblanadi. Bu yerda 300 mingdan ziyod aholi istiqomat qilmoqda. 75 ta mahalla fuqarolar mavjud bo'lib, qabulda tumanning olis hududlarida joylashgan mahalla fuqarolari ham o'z murojaatlari bilan ishtirok etishdi.

Muloqot davomida fuqarolarning mehnat munosabatlari, bandlik, yoʻl qurilishi, davlat xizmatlaridan foydalanish, mulkiy huquqlarga  oid bir qator masalalari mas'ullar tomonidan ko'rib chiqildi.

Bundan tashqari, qabulga kelganlarga viloyat tibbiy ijtimoiy xizmatlarni rivojlantirish boshqarmasi tomonidan 2-nafar fuqaroga  elektron nogironlik aravachasi, 5  nafar fuqaroga ovozli tanometrlar tarqatildi.

Shuningdek, qabul davomida 34 ga yaqin fuqarolarning murojaatlari joyida hal etilib, 11ta murojaatlar ish yurituviga olindi. Davlat xizmatlari markazi tomonidan 65 ta  xizmat ko'rsatilgan bo'lsa , FHDY bo'limi tomonidan 12 ta murojatlar joyida hal etilib, 4 nafar fuqaroga ID kartalari topshirildi, 2nafar fuqaroga davolanishga order beriladigan bo'ldi, 5 nafar fuqaroga tadbirkorlik qilishi va o'z-o'zini band qilishi uchun zamonaviy 5 dona charx moslamasi topshirildi.