Bog'lanish

Telefon
(+998 75) 230-01-76

Elektron manzil
qashqadaryo@adliya.uz

Habarni yuborish
Ishonch telefoni 1008

Янгиликлар

01

G'uzor tumanida "Biz zo'ravonlikka qarshi birgalikda kurashamiz" shiori ostida tadbir tashkil etildi.


Tadbirda tuman prokuraturasi, adliya, Oila va xotin-qizlar bo‘limlari, IIB va boshqa tashkilot vakillari ishtirok etishdi.

Ishtirokchilarga O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “Xotin-qizlarni tazyiq va zo‘ravonlikdan himoya qilish tizimini takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi  qarori mazmun-mohiyati va xotin-qizlarga yaratib berilayotgan imkoniyatlar haqida so‘z yuritildi.

Tadbir davomida 11 nafar tazyiq va zo'ravonlikka uchragan, huquqni muhofaza qiluvchi organlar tomonidan himoya ordeni olgan, ishsiz xotin-qizlar oʻz muammolari bilan murojaat qilishdi.

Fuqarolarning murojaatlari tegishli tartibda oʻrganilib, 6 ta murojaat joyida hal etildi, 3 ta murojaat bo'yicha tushuntirish berildi, 2 ta murojaat mas'ul tashkilotlar tomonidan nazoratga olindi.