Bog'lanish

Telefon
(+998 75) 230-01-76

Elektron manzil
qashqadaryo@adliya.uz

Habarni yuborish
Ishonch telefoni 1008

Янгиликлар

02

SHAHRISABZ TUMANIDA FUQAROLAR BILAN NAVBATDAGI SAYYOR QABUL O'TKAZILDI


Xabaringiz bor, Qashqadaryo viloyatida aholining huquqiy muammolarini aniqlash va uni bartaraf etish bo‘yicha manzilli choralar ko‘rish, shuningdek, fuqarolarning huquqiy savodxonligini oshirish maqsadida adliya vaziri o'rinbosari A.Muhammadiyev tomonidan hududlarda ochiq muloqotlar, sayyor qabullar o‘tkazilmoqda. 


Navbatdagi qabul Shahrisabz tumanida tashkil etildi. Tadbirda asosan kelib tushayotgan ijtimoiy ko'mak, bandlik va tibbiy yordam masalalari hamda "Yoshlar daftari", “Ayollar daftari”da turgan xotin-qizlarga huquqiy ko‘mak berish masalasiga alohida urg‘u berildi. 


Sayyor qabulda 40 ga yaqin murojaatlar kelib tushdi, shundan 25 ta murojaat joyida o‘z yechimini topdi, 2 ta murojaat yuzasidan zarur huquqiy tushuntirishlar berilib, qolgan 13 ta murojaat o‘rganish uchun ish yurituviga olindi. 


Jumladan, "Qo'shqanot" mahallasida yashovchi Ozoda Isroilova "Kadiologiya" markaziga davolanish uchun order so'rab murojaat qildi."Paxtazor" mahallasida yashovchi fuqaro Aziza Po'latova esa o'g'lining shartnoma to'lovini to'lab berishda amaliy yordam berishni so'radi.


Jarayonda aholini ijtimoiy himoya qilish, jumladan, pensiya va nafaqa tayinlash, bolalar puli, moddiy yordam va ipoteka krediti uchun subsidiya olish tartibi, shuningdek, mehnat qonunchiligi yuzasidan murojaatlar bo'ldi.


Shuningdek, sayyor qabulda FHDY xodimlari, notariuslar tomonidan aholini ushbu yo‘nalishlardagi murojaatlariga bepul huquqiy maslahatlar berildi hamda tuman davlat xizmatlari markazi tomonidan 10 ga yaqin sayyor xizmatlar ko‘rsatildi. Shu kuni 6 nafar fuqaroga ta'lim uchun tafsiyanoma va 4 nafar fuqaroga davolanish uchun orderlar topshirildi.


Biz ijtimoiy tarmoqlarda: 

www.facebook.com/qashqadaryoviloyatadliya
www.youtube.com/@QashqadaryoAdliya  
qashqadaryo.adliya.uz 
@qashqadaryoviloyatadliya
www.instagram.com/qashqadaryo.adliya.uz