Янгиликлар
01
"JAR" MFY DA AHOLI MUROJAATLARI IJOBIY YECHIM TOPDI
Chiroqchi tumani "Jar" mahalla fuqarolar yig'inida tashkil etilgan sayyor qabul jarayonida, 130 ga yaqin fuqarolar ishtirok etib, 90 dan ortiq fuqarolarning murojaati tinglandi, 10 ta murojaatlar joyida hal qilindi, 28 ta murojaatlar ish yurituviga olindi. Fuqarolarning 70 ga yaqiniga huquqiy tushuntirishlar berildi, 20 ta davlat xizmatlari ko`rsatilib, 2 ta nogironlik aravachasi, 3 dona payvandlash uskunasi hamda 1 dona tikuv mashinasi berilib, oʻrganishni talab qiladigan masalalarning ijrosi nazoratga olindi.
Asosiy e’tibor fuqarolar muammolarini joyida va ijobiy hal qilishga qaratildi."Pakandi" mahallasida yashovchi fuqaro A.Uzoqov Dehqon xo'jaligiga yer uchastka olish uchun murojaat qildi va sayyor qabul davomida uning murojaati ijobiy hal bo'ldi.
Tadbir davomida tuman adliya bo'limi tomonidan Mobile -ID, subsidiya, imtiyozli kredit olish, ijtimoiy ta’minot va moddiy yordam shuningdek, vorislik huquqi, firibgarlik hamda odam savdosi uchun jinoiy javobgarlik masalalari yuzasidan tushuntirishlar berilib,davlat xizmatlariga oid buklet va flayerlar tarqatildi.