Янгиликлар
02
O‘zimiz keldik
Kitob tuman adliya bo‘limi, davlat xizmatlari markazi, FHDY va yuridik xizmat ko‘rsatish markazi tomonidan "O‘zimiz keldik" shiori ostida hamkor tashkilotlar bilan birgalikda "Varganza" MFY hududida yashovchi fuqarolar va tadbirkorlar ishtirokida sayyor qabul tashkil etildi.
Sayyor qabulda 60 dan ortiq fuqarolar ishtirok etib ularning muammolari o‘rganildi hamda 2 nafarining yashab turgan uy joyiga egaligini belgilash bo‘yicha murojaati hamda keksalar va nogironligi bo‘lgan shaxslarga sanatoriylarda davolanish uchun 2 nafar fuqaroning arizasi bo‘lim ish yurituviga olindi.
Shuningdek, qarilik nafaqasiga chiqmoqchi bo‘lgan keksalarga huquqiy tushuntirishlar berilib, 4 nafar fuqaroga JShShIR ma’lumotlari olib berildi.