Yangiliklar
Yosh avlod kelajagimiz poydevori, shunday ekan O’zbekiston yoshlari o‘rtasida turli xil illatlarni oldini olish, ularning huquqlari va qonuniy manfaatlarini tushuntirish maqsadida boshqarma va tuman (shahar) adliya bo‘limlari tomonidan umumiy o‘rta ta’lim maktablarida turli mavzularda targ‘ibot tadbirlari tashkil etilmoqda.
Joriy yilning 10 noyabr kuni Chiroqchi tuman adliya bo‘limi tomonidan 47-son umumiy o‘rta ta’lim maktabi o‘quvchilari o‘rtasida “Xar kunlik huquq” mavzusida targ‘ibot tadbiri tashkil etildi.
Joriy yilning 11 noyabr kuni Kasbi tuman adliya bulimi xodimlari tomonidan 1-sonli umumiy o‘rta ta’lim maktabi o‘quvchilari o‘rtasida “Huquqbuzarliklarning salbiy oqibatlari” mavzusida targ‘ibot tadbiri tashkil etildi
Jahonda yuz berayotgan turli jarayonlar tobora keskinlashayotgan bir paytda ma’naviyat va ma’rifat masalasi dolzarb ahamiyat kasb etmoqda va mazkur yo‘nalishda mamlakatimizda bir qator islohotlar amalga oshirilib kelinmoqda.
“Sport ta’limi tizimini tubdan takomillashtirish orqali olimpiya va paralimpiya sport turlari bo‘yicha sportchilar zaxirasini shakllantirish sifatini yanada oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi Prezident qarori (PQ–5279-son, 05.11.2021 y.) qabul qilindi.
Davlat OTMga 2021/2022-o‘quv yili magistratura mutaxassisliklari bo‘yicha kirish imtihonlarida ishtirok etib, mutaxassislik fanidan belgilangan maksimal ballning 40 foizi (40 ball) va undan yuqori ball to‘plagan abituriyentlarni tegishli OTM tomonidan belgilangan to‘lov-kontrakt asosida ballar ketma-ketligiga qat’iy amal qilgan holda qo‘shimcha qabul qilishga ruxsat berildi.
Hukumat qarori (675-son, 04.11.2021 y.) bilan Iqtisodiyot tarmoqlarida kamida besh yil ish stajiga ega bo‘lgan fuqarolarni sirtqi va kechki ta’lim shakliga suhbat natijalariga ko‘ra tabaqalashtirilgan to‘lov-kontrakt asosida o‘qishga qabul qilish tartibi to‘g‘risidagi nizom tasdiqlandi.
Milliy sug‘urta bozorining jadal rivojlanishini ta’minlash, iste’molchilarning sug‘urta bozoriga bo‘lgan ishonchini oshirish, shuningdek, 2017 — 2021 yillarda O’zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yo‘nalishi bo‘yicha Harakatlar strategiyasini “Yoshlarni qo‘llab-quvvatlash va aholi salomatligini mustahkamlash yili”da amalga oshirishga oid davlat dasturida belgilangan vazifalarni amalga oshirish maqsadida O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021 yil 23 oktyabrda “Sug‘urta bozorini raqamlashtirish va hayot sug‘urtasi sohasini rivojlantirish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi qarori qabul qilindi.
So‘nggi yillarda aholiga davlat xizmatlari ko‘rsatish tizimi isloh qilinib, ishbilarmonlik muhitini tubdan yaxshilash, ortiqcha byurokratik to‘siqlarni bartaraf etish borasida izchil chora-tadbirlar amalga oshirilmoqda.