Bog'lanish

Telefon
(+998 75) 230-01-76

Elektron manzil
qashqadaryo@adliya.uz

Habarni yuborish
Ishonch telefoni 1008

Янгиликлар

08

Sug‘urta bozori raqamlashtirilmoqda...


Milliy sug‘urta bozorining jadal rivojlanishini ta’minlash, iste’molchilarning sug‘urta bozoriga bo‘lgan ishonchini oshirish, shuningdek, 2017 — 2021 yillarda O’zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yo‘nalishi bo‘yicha Harakatlar strategiyasini “Yoshlarni qo‘llab-quvvatlash va aholi salomatligini mustahkamlash yili”da amalga oshirishga oid davlat dasturida belgilangan vazifalarni amalga oshirish maqsadida O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021 yil 23 oktyabrda “Sug‘urta bozorini raqamlashtirish va hayot sug‘urtasi sohasini rivojlantirish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi qarori qabul qilindi.

         Mazkur qarorning mazmun-mohiyati va ahamiyatini keng jamoatchilikka tushuntirish maqsadida joriy yil 8 noyabrda viloyat adliya boshqarmasi mas’ul xodimlari tomonidan viloyat televideniyesining muloqot ko‘rsatuvi orqali davra suhbati tashkil etildi.

         Davra suhbatida ushba qaror bilan barcha turdagi sug‘urtalar elektron shaklda amalga oshirilishiga ruxsat berilganligi hamda 2023 yil 1 yanvardan boshlab majburiy sug‘urtaning barcha turlari bo‘yicha sug‘urta polislarini qog‘oz blankalarda rasmiylashtirish amaliyoti bekor qilinishi qayd etildi.

         Shuningdek, 2022 yil 1 yanvardan 2025 yil 1 yanvarga qadar hayot sug‘urtasi sohasida faoliyat yuritayotgan sug‘urta tashkilotlarining mazkur faoliyati qismi uchun hisoblanadigan foyda solig‘i bo‘yicha belgilangan soliq stavkasi 50 foizga kamaytirilishi, 2022 yil 1 yanvardan 2024 yil 1 yanvarga qadar ish beruvchi tomonidan o‘z xodimlari uchun baxtsiz hodisalardan ehtiyot shart sug‘urta qilish va tibbiy sug‘urta turlari bo‘yicha tuzilgan sug‘urta shartnomalari asosida O’zbekiston Respublikasida sug‘urta faoliyatini amalga oshirishga litsenziyasi bo‘lgan yuridik shaxslarga yo‘naltiriladigan mablag‘lar jismoniy shaxslarning jami daromadi sifatida qaralmasligiga e’tibor qaratildi.

         Shu bilan birga bugungi kunda hayot sug‘urtasi muhim sug‘urtalardan biri ekanligi, hayot sug‘urtasi sohasidagi milliy kadrlarni tayyorlash va qayta tayyorlash hamda xalqaro tajribani respublikada joriy etish yuzasidan Yaponiyaning The Foundation For The Advancement Of Life & Insurance Around The World (FALIA), Oriental Life Insurance Cultural Development Center (OLICD) va boshqa rivojlangan mamlakatlarning xalqaro hayot sug‘urtasi jamg‘armalari (uyushmalari) bilan tajriba almashinuvi amaliyotini yo‘lga qo‘yilishi alohida ta’kidlandi.