Янгиликлар
Yoshlar bizning kelajagimiz.
Yosh avlod kelajagimiz poydevori, shunday ekan O’zbekiston yoshlari o‘rtasida turli xil illatlarni oldini olish, ularning huquqlari va qonuniy manfaatlarini tushuntirish maqsadida boshqarma va tuman (shahar) adliya bo‘limlari tomonidan umumiy o‘rta ta’lim maktablarida turli mavzularda targ‘ibot tadbirlari tashkil etilmoqda.
Xususan, Qarshi tuman adliya bo‘limi va tuman hokimligi mas’ul xodimlari hamkorligida 10-son umumiy o‘rta ta’lim maktabi o‘quvchilari o‘rtasida O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021 yil 9 avgustdagi “Bola huquqlarining kafolatlarini ta’minlash tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PF – 6275-son Farmoni, O’zbekiston Respublikasining 2014 yil 14 maydagi “Huquqbuzarliklar profilaktikasi to‘g‘risida”gi O’RQ–371-son Qonuni hamda O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021 yil 25 oktabrdagi “Yetim bolalar va ota-ona qaramog‘idan mahrum bo‘lgan bolalarni ijtimoiy qo‘llab-quvvatlashga doir qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi 656-son qarori mazmun-mohiyati tushuntirildi.
Tadbir davomida o‘quvchilarga “Har kunlik huquq” o’quv qo‘llanmalari tarqatildi, hamda ularning savollariga batafsil javoblar berildi.