Янгиликлар
Magistratura mutaxassisliklariga qo‘shimcha qabulga ruxsat berildi
Davlat OTMga 2021/2022-o‘quv yili magistratura mutaxassisliklari bo‘yicha kirish imtihonlarida ishtirok etib, mutaxassislik fanidan belgilangan maksimal ballning 40 foizi (40 ball) va undan yuqori ball to‘plagan abituriyentlarni tegishli OTM tomonidan belgilangan to‘lov-kontrakt asosida ballar ketma-ketligiga qat’iy amal qilgan holda qo‘shimcha qabul qilishga ruxsat berildi.
Magistraturaga kirish imtihonlarida ishtirok etib, yuqoridagi talabni bajargan talabgorlar tegishli OTM qabul komissiyasiga 2021 yil 9 noyabrdan murojaat qilishlari mumkin.
To‘lov shartnoma miqdorining kamida 50 foizini bajarishning oxirgi muddati 2021 yil 20 noyabr.
Prezidentning PQ–5157-son qaroriga ko‘ra, magistratura mutaxassisliklariga qo‘shimcha qabul to‘lov-kontrakt miqdori bir talabaning o‘qishi uchun sarflanadigan xarajat miqdoridan kelib chiqqan holda OTM tomonidan belgilanadi.
Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi