Bog'lanish

Telefon
(+998 75) 230-01-76

Elektron manzil
qashqadaryo@adliya.uz

Habarni yuborish
Ishonch telefoni 1008

Янгиликлар

08

Advokatura sohasidagi islohotlar


So‘nggi yillarda aholiga davlat xizmatlari ko‘rsatish tizimi isloh qilinib, ishbilarmonlik muhitini tubdan yaxshilash, ortiqcha byurokratik to‘siqlarni bartaraf etish borasida izchil chora-tadbirlar amalga oshirilmoqda.

Jumladan, ayrim turdagi litsenziya va ruxsatnomalar bekor qilindi, ma’muriy tartib-taomillardan o‘tish muddatlari sezilarli ravishda qisqartirildi, fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlari tomonidan beriladigan bir qator ma’lumotnomalar bekor qilindi.

Shu bilan birga, davlat organlari, mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari va boshqa davlat tashkilotlarida eskirgan byurokratik tartibotlar, shu jumladan elektron tizim orqali olish imkoniyati mavjud bo‘lgan ma’lumotlarni qog‘oz ko‘rinishida so‘rab olish, ish faoliyatini tashkil etish uchun muhim bo‘lmagan hujjatlarni talab qilish natijasida aholi va tadbirkorlik sub’ektlarini ovora qilish amaliyoti saqlanib qolmoqda.

2017 - 2021 yillarda O’zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yo‘nalishi bo‘yicha Harakatlar strategiyasini “Yoshlarni qo‘llab-quvvatlash va aholi salomatligini mustahkamlash yili”da amalga oshirishga oid davlat dasturida belgilangan vazifalar ijrosini ta’minlash va davlat xizmatlarini ko‘rsatishda byurokratizm, sansalorlik va boshqa ma’muriy to‘siqlarni bartaraf etish, eskirgan, zamon talablariga mos kelmaydigan tartib-taomillarni tubdan qisqartirish maqsadida O’zbekiston Respulikasi Prezidentining 2021-yil 23-mart kuni “Aholi va tadbirkorlik sub’ektlariga davlat xizmatlaridan foydalanishda yanada qulay sharoitlar yaratish, bu borada byurokratik to‘siqlarni qisqartirish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi PF-6191-son Farmoni qabul qilindi.

Mazkur Farmonga asosan 2021-yil 1-iyundan boshlab Davlat xizmatlari agentligining yuridik shaxslarni (nodavlat notijorat tashkilotlari, banklar va kredit byurolaridan tashqari) davlat ro‘yxatidan o‘tkazish bo‘yicha yagona vakolatli organ hisoblanganligi sababli, davlat organlari va tashkilotlari, yuridik shaxslar birlashmalari, bog‘dorchilik-uzumchilik shirkatlari, matlubot, ishlab chiqarish va qishloq xo‘jaligi kooperativlari hamda advokatlik tuzilmalarini davlat ro‘yxatidan o‘tkazish davlat xizmatlari markazlari tomonidan amalga oshirilishi belgilab qo‘yildi.

Shunga ko‘ra, joriy yilning 1-iyun kunidan boshlab mamlakatimizda advokatlik tuzilmalarini davlat ro‘yxatidan o‘tkazish davlat xizmatlari markazlari orqali amalga oshirilib kelinmoqda.

Qashqadaryo viloyat adliya boshqarmasining
Huquqiy xizmat ko‘rsatishni davlat tomonidan
tartibga solish bo‘limi yetakchi maslahatchisi
Bo‘riyev Olimjon Farxodovich