Bog'lanish

Telefon
(+998 75) 230-01-76

Elektron manzil
qashqadaryo@adliya.uz

Habarni yuborish
Ishonch telefoni 1008

Янгиликлар

11

Jaholatga qarshi ma’rifat


Jahonda yuz berayotgan turli jarayonlar tobora keskinlashayotgan bir paytda ma’naviyat va ma’rifat masalasi dolzarb ahamiyat kasb etmoqda va mazkur yo‘nalishda mamlakatimizda bir qator islohotlar amalga oshirilib kelinmoqda.

Xususan, fuqarolar ogohlikka chaqirilib, kelajak avlod tarbiyasiga mas’uliyat bilan yondashishi kerakligi ta’kidlanmoqda. Aniqroq aytadigan bo‘lsak, ma’naviyat hayot-mamot masalasiga aylandi.

Shunga ko‘ra, Qashqadaryo viloyat adliya boshqarmasi xodimlari tomonidan joriy yil 11 noyabrda “Jaholatga qarshi ma’rifat” tamoyiliga asosan viloyat musiqali drama teatrida tashkil etilgan “To‘ylar muborak” komediya janridagi sahnaviy spektakli jamoaviy tarzdi tomosha qilindi.

San’atkorlar tomonidan xalq hayoti, tarixi, urf-odatlari hamda dunyoqarashlarini o‘zida aks ettirgan “To‘ylar muborak” sahnaviy spektakli xodimlar o‘rtasida katta taa’surot qoldirdi.