Bog'lanish

Telefon
(+998 75) 230-01-76

Elektron manzil
qashqadaryo@adliya.uz

Habarni yuborish
Ishonch telefoni 1008

Янгиликлар

11

O’quvchilarning huquqiy ongini o‘stirish - dolzarb vazifa


Joriy yilning 11 noyabr kuni Kasbi tuman adliya bulimi xodimlari tomonidan 1-sonli umumiy o‘rta ta’lim maktabi o‘quvchilari o‘rtasida “Huquqbuzarliklarning salbiy oqibatlari” mavzusida targ‘ibot tadbiri tashkil etildi.

Tadbirda o‘quvchilarga O’zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi va boshqa qonun hujjatlarida voyaga yetmaganlar o‘rtasida nazoratsizlik va huquqbuzarliklarning profilaktikasini olib borishga vakolatli organ va muassasalar, ularning vazifalari, xususan ta’lim muassasalarining bu borada amalga oshirilayotgan ishlari xususida so‘z yuritildi.

Voyaga yetmaganlarning hamda ularning ta’lim va tarbiyasida mas’ullarning javobgarligi O’zbekiston Respublikasi Jinoyat va Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodekslarida belgilangan sanksiyalar misolida tushuntirib berildi.

Shuningdek, o‘quvchilarga bo‘sh vaqtlaridan unumli foydalanishlari, axloqqa va qonunlarga zid bo‘lgan hatti-harakatlarni amalga oshirmasliklari uqtirilib, mavzuga oid tarqatma materiallar tarqatildi.