Bog'lanish

Telefon
(+998 75) 230-01-76

Elektron manzil
qashqadaryo@adliya.uz

Habarni yuborish
Ishonch telefoni 1008

Yangiliklar

09
9-fevral – Alisher Navoiyning tavallud topgan kuni

So‘z mulkining sultoni Alisher Navoiyning tavallud topgan kuni munosabati bilan Qashqadaryo viloyat adliya boshqarmasi hamda Yuridik texnikumi bilan hamkorlikda ma’naviy-ma’rifiy tadbir tashkil etildi.

09
7 yilda tiklangan huquq yoki 865 mln so‘mlik kompensatsiya..

Qashqadaryo viloyat adliya boshqarmasi tomonidan domiy ravishda tadbirkorlik sub’ektlarining qonuniy huquq va manfaatlari himoya qilib kelinmoqda.
Jumladan, “Qarshi transport ekspeditorlik korxonasi” MChJ rahbarining jamiyatga tegishli bo‘lgan bino va inoshotalari
Qarshi shahar hokimligining 2015 yil 19 iyuldagi X-444/06-son qaroriga asosan buzilgan bo‘lsada, kompensatsiya pullari to‘lab berilmaganligi haqidagi murojaati o‘rganib chiqildi.

09
Inson qadri hamma narsadan ustun...

Davlat rahbarining qat’iy siyosiy irodasi sabab so‘nggi besh yillikda amalga oshirilgan islohotlarning natijasida mamlakatimizda Yangi O‘zbekistonni barpo etishning zarur siyosiy-huquqiy, ijtimoiy-iqtisodiy va ilmiy-ma’rifiy asoslari yaratildi.

08
Vakolatga zid ravishda chiqarilgan farmoyish...

Qashqadaryo viloyat adliya boshqarmasi tomonidan  G’uzor tumani, “Navro‘z” MFY, 30-uyda yashovchi fuqaro Sh. Jabborovning tezlikni ta’qiqlovchi yo‘l belgisi o‘rnatilganligidan noroziligi to‘g‘risidagi murojaati o‘rganildi.

08
Tibbiy ko‘rikdan bepul o‘tkaziladigan bo‘ldi

Yakkabog‘ tumanidagi 7-son davlat maktabgacha ta’lim tashkiloti bir guruh xodimlarining bepul tibbiy ko‘rikdan o‘tkazilmayotganligidan noroziligi to‘g‘risidagi murojaati Qashqadaryo viloyat adliya boshqarmasi tomonidan o‘rganildi.

08
Gender tengligi buzilishi bilan bog‘liq ishlarning sudlarda ko‘rib chiqilishida ayollarga advokatlar tomonidan ko‘rsatiladigan yuridik xizmat uchun haq davlat hisobidan qoplanadi

Gender tengligi buzilishi bilan bog‘liq ishlarning sudlarda ko‘rib chiqilishida ayollarga advokatlar tomonidan ko‘rsatiladigan yuridik xizmat uchun haq davlat hisobidan qoplanadi (http://lex.uz/docs/-4230944).

08
Sayyor qabullar davom etmoqda

Joriy yilning 8 fevralida Qarshi tuman adliya bo‘limi, tuman hokimligi hamda hokim yordamchisi bilan hamkorlikda “Qovchin” MFYda sayyor qabul tashkil etildi.

08
Radio efirida...

Qamashi tuman yuridik xizmat ko‘rsatish markazi bosh yuristkonsultlari F.Ashurova va N.Xurramovlar hamda Adliya vazirligi huzuridagi Intelektual mulk agentligining Qashqadaryo viloyati Intelektual mulk himoyasi markazi yetakchi mutaxissisi I.Tursunovlar tomonidan "Oltin Voha" radiosining  “Qonun va ijro” to‘g‘ridan-to‘g‘ri eshitirishi orqali qabul qilingan qonun hujjatlari mazmun-mohiyati tushuntirildi.

07
Ota-onalar o‘z farzandlarini o‘z xohishiga ko‘ra o‘quv yili davomida yoki u tugaganidan so‘ng bir sinfdan boshqa sinfga o‘tkazish huquqiga ega.

Ota-onalar o‘z farzandlarini o‘z xohishiga ko‘ra o‘quv yili davomida yoki u tugaganidan so‘ng bir sinfdan boshqa sinfga o‘tkazish huquqiga (http://old.lex.uz/docs/2678463#2678533) ega.
Bunda ota-onalar farzandini sinfdan sinfga o‘tkazish sabablarini ko‘rsatib maktab direktori nomiga ariza beradi.

07
Xotin-qizlar huquqlari bo‘yicha umummilliy imtihon o‘tkaziladi

Xabaringiz bor, Adliya vazirligi tomonidan joriy yilning fevral-mart oylari “Xotin-qizlar huquqlari bo‘yicha dolzarb ikki oy” deb e’lon qilingan.