Bog'lanish

Telefon
(+998 75) 230-01-76

Elektron manzil
qashqadaryo@adliya.uz

Habarni yuborish
Ishonch telefoni 1008

Янгиликлар

08

Aholi va xotin - qizlar murojaatlari sayyor tartibda o'rganilmoqda.


Qarshi shahar adliya boʻlimi, Davlat xizmatlari markazi,Madad nodavlat -notijorat tashkiloti hamda trinerlar va Qarshi shahar FHDY bo'limi xodimlari turli millat va elat vakillari yashaydigan Shayxali shaharchasida mahalla fuqarolari bilan uchrashuv oʻtkazdi.

   Qarshi shahar Shayxali shaharchasida joylashgan Davlat xizmatlari markazi filialida o'tkazilgan navbatdagi sayyor qabulda ham mahalla aholisi tomonidan yig'ilib qolgan muammolar o'z yechimini topdi.Fuqarolarning subsidiya olish, uy-joyiga kadastr pasporti shakllantirish va tadbirkorligini roʼyxatdan oʼtkazish kabi davlat xizmatiga ehtiyojlari borligi aniqlandi va bu borada huquqiy tushunchalarga ham ega boʼldilar. Aholiga my.gov.uz portallaridan foydalanish, yakka tartibdagi tadbirkor sifatida roʻyxatdan oʻtkazish, suv tarmogʻiga ulanish, farzandlarini davlat maktabgacha taʼlim muassasasiga qabul qilish uchun yoʻllanma berish kabi davlat xizmatlaridan uyidan chiqmagan holda foydalanish koʻnikmalarini shakllantirish borasida huquqiy maʼlumotlar berildi. Adliya sohasidagi va qonunchilikdagi yangiliklar ham targʻib qilindi.Shuningdek xotin-qizlar va erkaklar uchun teng huquq va imkoniyatlar kafolatlari to'g'risidagi qonun hujjatlari mazmun -mohiyati tushuntirildi.

   Shu kuni , “oʻzimiz keldik” loyihasi doirasida “Yangihayot” ko'chasida yashovchi fuqaro Chamanova Oftobning 2 nafar farzandiga tug'ilganlik guvohnomasi topshirildi. Mazkur tadbirlar "Samarqand" mahallasida ham tashkil etildi.


Jamoatchilik bilan aloqalar bo'limi