Янгиликлар
Yoshlar o'rtasidagi erta nikohni oldini olish va uning salbiy oqibatlari, Xotin-qizlar va erkaklar uchun teng huquq va imkoniyatlar kafolatlari to'g'risidagi qonun hujjatlari mazmun -mohiyati" o'rganildi.

Qarshi shahridagi Jurnalistlar uyida Qashqadaryo viloyat adliya boshqarmasi,viloyat Axborot va ommaviy kommunikasiyalar boshqarmasi hamda ''Yurt Tarovati" gazetasi bilan hamkorlikda "Yoshlar o'rtasidagi erta nikohni oldini olish va uning salbiy oqibatlari, Xotin-qizlar va erkaklar uchun teng huquq va imkoniyatlar kafolatlari to'g'risidagi qonun hujjatlari mazmun -mohiyati " yuzasidan Qarshi davlat universiteti talabalari ishtirokida davra suhbati tashkil etildi.

Tadbirda viloyat adliya boshqarmasi boshlig'i o'rinbosari Murodulla Eshnazarov so'zga chiqib, "qizlarning turmush qurish yoshi oila mustahkamligiga ta’sir ko‘rsatuvchi asosiy omillardan biridir.Afsuski, ayrim ota-onalar ko‘pincha farzandining kelajak taqdiri, baxt-saodati haqida o‘ylamay, hali balog‘at yoshiga yetmagan qizini uzatish yoki qarindoshimning qizi begona bo‘lmasin, deb o‘g‘il uylantirish taraddudiga tushadi. Buning oqibatida qizlarni o‘n olti, hatto undan kichik yoshda turmushga uzatib yuborish hollari uchrab turadi. Ammo bu ko‘p hollarda bo‘lg‘usi onaning salomatligi va ruhiyatiga, qolaversa, yosh oilaning mustahkamligi, tug‘ilajak farzandning sog‘lomligiga salbiy ta’sir ko‘rsatadi": deya ta'kidladi.

Tadbirda Fuqarolik holati dalolatnomalarini yozish bo'limi inspektori Laziza Bazarova ham ishtirok etib, FHDY sohasiga yangi kirib kelgan Kompozit xizmat va Eksterritorial tamoyillar haqida yoshlarga batafsil ma'lumotlar berib o'tdi.Shuningdek, suhbatda Prezidentning PF 81-87-sonli farmoni targ'iboti, xotin-qizlarni qo'llab-quvvatlash uchun olib borilayotgan ishlar, berilayotgan imtiyozlar, tadbirkorlik, kasanachilik, xunarmandchilikni rivojlantirish, ish o'rinlarini yaratish haqida ma'lumot berildi.
Jurnalistlar uyida tashkil etilgan suhbat turmush qurish yoshidagi yoshlar uchun ayni muddao bo'ldi.
Jamoatchilik bilan aloqalar bo'limi