Yangiliklar
Qashqadaryo viloyati ichki ishlar boshqarmasida “Korrupsiya va milliy taraqqiyot: muammo va yechimlar” mavzusida “Ma’rifat darsi” bo‘lib o‘tdi. Unda viloyat ichki ishlar boshqarmasi sohaviy xizmatlar xodimlari va viloyat Adliya boshqarmasi va Ichki ishlar vazirligi Qashqadaryo akademik litseyi o‘qituvchilari ishtirok etdi. Tadbirni viloyat ichki ishlar boshqarmasi boshlig‘ining o‘rinbosari polkovnik Olimjon Abdullayev ochdi.
Qashqadaryo viloyati ichki ishlar boshqarmasida “Korrupsiya va milliy taraqqiyot: muammo va yechimlar” mavzusida “Ma’rifat darsi” bo‘lib o‘tdi. Unda viloyat ichki ishlar boshqarmasi sohaviy xizmatlar xodimlari va viloyat Adliya boshqarmasi va Ichki ishlar vazirligi Qashqadaryo akademik litseyi o‘qituvchilari ishtirok etdi. Tadbirni viloyat ichki ishlar boshqarmasi boshlig‘ining o‘rinbosari polkovnik Olimjon Abdullayev ochdi.
Shahrisabz tuman Davlat xizmatlari markazi tomonidan Oilaviy tadbirkorlar sayyor tartibda Davlat ro'yxatidan o'tkazilmoqda.
Tijorat banklari uchun ajoyib yangilik. Endi siz viloyatdagi 15 ta Davlat xizmatlari markazlarida o‘z shoxobchangiz faoliyatini yo‘lga qo‘yishingiz mumkin.
Agar bir kunda markazlarga 2000 ming nafargacha fuqarolar davlat xizmatlaridan foydalanishini inobatga olsak, sizda bir kunda qo‘shimcha ravishda yana shuncha fuqaroga bank xizmatlarini taqdim etish imkoniyati mavjud.
Shuningdek, bu banklarda kuzatiladigan navbatlarni oldini olishda ham maqbul yechim.
Joriy yilning 10-11- iyun kunlari Qashqadaryo viloyat adliya boshqarmasi boshlig'i o'rinbosarlari hamda tuman adliya bo'limlari,mutasaddi tashkilotlari rahbarlari ishtirokida viloyatning barcha tumanlarida fuqarolar va tadbirkorlar uchun sayyor qabullar tashkil etildi.
Adliya spartakiadasi doirasida o'tkazilgan arsmrestling sport turi bo'yicha Kasbi tuman yuridik xizmat markaz xodimi Bobur Amrulloyev faxirli birinchi o'rinni qo'lga kiritdi.
Adliya spartakiadasi doirasida o'tkazilgan sportning shaxmat turi bo'yicha Koson tuman DXM direktori Gadoyev Quvonchbek Eshqobilovich faxrli birinchi o'rinni egalladi.
Qabulda barcha viloyat tashkilotlari rahbarlari ham jam bo’lishgan.Shuningdek,
tumanda o'tkazilgan sayyor qabulda viloyat adliya boshqarmasi boshlig'ining birinchi o'rinbosari A.Isokov, tuman adliya bo'limi, Davlat xizmatlari markazi xodimlari, FHDY bo'limi va yuridik xizmat ko'rsatish markazi ishtirok etishdi.
Tadbir jarayonida 3 nafar fuqaroning murojaati bo'lim ish yurituviga qabul qilindi.
Mirishkor tuman adliya bo‘limi, Davlat xizmatlari markazi,tuman yuridik xizmat ko'rsatish markazi hamda tuman FHDY bo'limi tomonidan aholining yashab turgan manziliga borgan holda sayyor davlat xizmatlari ko‘rsatilmoqda.
"Obod” mahalla fuqarolar yig‘inida bo'lib o'tgan qabulda 15 nafar fuqaroning murojaatiga joyida huquqiy tushuntirish berilib, 7 ta murojaat bo'lim ish yurituviga qabul qilindi. Shuningdek, tadbir davomida 6 nafar mahalladagi 13-sonli maktab o'quvchilariga ham tug'ilganlik guvohnomalari topshirildi.
Auksion (tanlov) g‘olibi bo‘lgan fuqarolarning 10 nafariga yuridik shaxs tashkil etmagan dehqon xo‘jaligi sifatida sayyor tartibda davlat ro‘yxatidan o‘tkazildi.
Tadbirda fuqarolarga nafaqat davlat xizmatlari ko‘rsatildi, balki ularning huquqiy bilimlarini oshirish maqsadida tizimdagi va qonunchilikdagi yangiliklar ham targ‘ib qilindi.
O'zbekiston Respublikasi adliya Adliya vazirligi tizimida birinchi marta “Adliya spartakiadasi" tashkil etilmoqda.
Spartakiadada markaziy apparat va hududiy adliya organlaridan 135 nafar ishtirokchi sportning 10 turi bo‘yicha o‘zaro bellashishmoqda.
Do'stlik uchrashuvlarida Qashqadaryo viloyat adliya boshqarmasi jamoasi ham faol ishtirok etishayapti.