Янгиликлар
11
Sayyor xizmatlar
Mirishkor tuman adliya bo‘limi, Davlat xizmatlari markazi,tuman yuridik xizmat ko'rsatish markazi hamda tuman FHDY bo'limi tomonidan aholining yashab turgan manziliga borgan holda sayyor davlat xizmatlari ko‘rsatilmoqda.
"Obod” mahalla fuqarolar yig‘inida bo'lib o'tgan qabulda 15 nafar fuqaroning murojaatiga joyida huquqiy tushuntirish berilib, 7 ta murojaat bo'lim ish yurituviga qabul qilindi. Shuningdek, tadbir davomida 6 nafar mahalladagi 13-sonli maktab o'quvchilariga ham tug'ilganlik guvohnomalari topshirildi.
Auksion (tanlov) g‘olibi bo‘lgan fuqarolarning 10 nafariga yuridik shaxs tashkil etmagan dehqon xo‘jaligi sifatida sayyor tartibda davlat ro‘yxatidan o‘tkazildi.
Tadbirda fuqarolarga nafaqat davlat xizmatlari ko‘rsatildi, balki ularning huquqiy bilimlarini oshirish maqsadida tizimdagi va qonunchilikdagi yangiliklar ham targ‘ib qilindi.