Янгиликлар
9 nafar MFY xodimlari oylik maoshiga 30% ustama to'lab berildi.
Qarshi shahar adliya bo'limi tomonidan xodimlarning oylik maoshiga Qarshi shahar hokimligi tomonidan oylik ustama to'lanmay kelayotganligi aniqlandi.Mazkur holat yuzasidan 9 nafar MFY xodimlari oylik maoshiga 30 foizlik ustama to'lanmaganlik to'g'risidagi murojaatlari bo'yicha sudga ariza kiritilib, sud qarorii chiqartirildi va MFY xoaimlarining murojaat ijobiy yechim topdi. Ma'lumot o'rnida O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining farmoniga ko'ra 2020-yil 1-iyuldan boshlab fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlari xodimlarining lavozim maoshiga 30 foiz qo‘shimcha maxsus ustama to‘lashni joriy etish belgilangan edi. (“Jamiyatda ijtimoiy-ma’naviy muhitni sog‘lomlashtirish, mahalla institutini yanada qo‘llab-quvvatlash hamda oila va xotin-qizlar bilan ishlash tizimini yangi darajaga olib chiqish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi farmoni 28-bandi eski tahririda mahalliy budjetlarning qo‘shimcha manbalari va Budjet tashkilotlarining moddiy rag‘batlantirish maxsus jamg‘armasi hisobidan)
Fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organlarini saqlash bilan bogʻliq xarajatlari tegishli mahalliy byudjet mablagʻlari hisobidan moliyalashtiriladi.
MFY xodimlarini ragʻbatlantirish, ularga buxgalteriya xizmatini koʻrsatish vazifasi tuman (shahar) hokimliklaridan — tuman (shahar) mahalla va oilani qoʻllab-quvvatlash boʻlimlariga oʻtkaziladi.
Jamoatchilik bilan aloqalar bo'limi