Bog'lanish

Telefon
(+998 75) 230-01-76

Elektron manzil
qashqadaryo@adliya.uz

Habarni yuborish
Ishonch telefoni 1008

Янгиликлар

09

Yuridik sohada o'qishni istaganlar uchun yaxshi imkoniyat


Qashqadaryo viloyati yuridik texnikumiga 2022-2023 o'quv yili uchun hujjat topshirish 1-avgustdan 20-avgustga qadar ( 20-avgust ham) my.gov.uz portali yoki www.dtm.uz sayti orqali amalga oshiriladi.Texnikumga maktabning 11- sinfini yoki akademik litsey, kasb-hunar kollejni bitirgan abituriyentlar qabul qilinadi.
 Yuridik texnikumda 3 ta yo'nalishlar bo'yicha (kunduzgi va sirtqi ta'lim shaklida) o'quvchilar qabul qilinadi.

Davlat huquqiy faoliyati
Sud huquqiy faoliyati
Yuridik xizmat 

Test sinovlari Tarix va xorijiy til fanlaridan bo'lib o'tadi

Yuridik texnikum o'quvchilariga beriladigan imtiyozlar!

Texnikumni a'lo baholarda bitirgan hamda til bilish bo'yicha B2 va undan yuqori darajadagi sertifikatga ega bo'lgan o'quvchilar Respublikamizdagi 6 ta universitetlarning "Yurisprudensiya" yo'nalishlariga suhbat asosida 2- bosqichdan o'qish
Qo'shma ta'lim dasturi asosida xorijiy davlatlarning Yurisprudensiya yo'nalishidagi Oliy ta'lim dargohlari va TDYU ga 2-bosqichdan o'qishga kirish
Texnikumning 1- bosqichini yuqori reytingda yakunlagan o'quvchilar 2- bosqichda Adliya vazirligi stipendiyasiga sazovor bo'lish
Huquqshunoslik kasbi bo'yicha Adliya, Sud tizimidagi  va boshqa tashkilotlarga ishlash
Manzil: Qashqadaryo viloyati Qarshi shahar Islom Karimov ko'chasi 52-uy
Murojaat uchun:
         @yuridik_texnikumi_bot

         Telefon:+998752232239