Yangiliklar
Bolaning hayoti va sog'lig'i bevosita xavf ostida qolganda vasiylik va homiylik organi bolani ota-onadan (ularning biridan) yoki bolani o'z qaramog'iga olgan boshqa shaxslardan zudlik bilan olishga haqlidir (https://lex.uz/ru/docs/-104720). Bolani zudlik bilan olish fuqarolar o'zini o'zi boshqarish organining tegishli hujjatiga asosan amalga oshiriladi.
Taraflar o'rtasida mediativ kelishuv tuzilib, ariza ko'rmasdan qoldirilganda to'langan davlat boji qaytarib beriladi.
Mirishkor tuman yuridik xizmat ko`rsatish markazi boshlig`i M.Sirojov tomonidan “Oltin voha” radiosining “Inson va qonun” eshittirishi orqali yangi qabul qilingan qonun xujjatlari mazmun-mohiyati aholiga tushuntirildi.
Joriy yilning 29 mart kuni Chiroqchi tuman adliya bulimi, Jinoyat ishlari bo‘yicha, Fuqarolik ishlari bo‘yicha tuman sudlarining raislari va sudyalari hamda tuman Iqtisodiy sudi sudyalari bilan hamkorlikda Xalq ta’limi bo‘limida qonun hujjatlari mazmun-mohiyatini tushuntirish maqsadida targ‘ibot tadbiri tashkil etildi.
Joriy yilning 29-mart kuni Chiroqchi tuman adliya bo'limi tomonidan tumanning Yangiqishloq mahallasida targ'ibot tadbiri tashkil qilindi.
114 yildan buyon shaxsini tasdiqlovchi hujjatisiz yashab kelgan Hayit momoning tug‘ilganlik fakti belgilandi. Unga tez orada pasport beriladi.
Mirishkor tuman Yuksalish mahallasida yashovchi Hayit Bayramova 114 yildan buyon shaxsini tasdiqlovchi hujjatsiz yashab kelgan. Hayit momoning farzandi Mirishkor tuman adliya bo‘limiga 1908-yilda tug‘ilgan onasining tug‘ilganlik faktini belgilashda amaliy yordam so‘rab murojaat etgan. Adliya bo'lim tomonidan to‘plangan hujjatlarni Fuqarolik ishlari bo'yicha Kasbi tumanlararo sudiga kiritdi.
Joriy yilning 28-mart kuni Mirishkor tuman adliya bo'limi yetakchi maslahatchisi A.Ashurov tomonidan “Oltin voha” radiosining “Inson va qonun” eshittirishi orqali yangi qabul qilingan qonun xujjatlari mazmun-mohiyatini aholiga tushuntirildi.
“O'zbekiston Respublikasida xizmat ko'rsatgan sog'liqni saqlash xodimi” faxriy unvoni uchun – bazaviy hisoblash miqdorining 1,6 baravari miqdorida qo'shimcha to'lov belgilanadi.
Jismoniy yoki ruhiy rivojlanishida nuqsoni bo'lgan bolalar uchun ixtisoslashtirilgan davlat ta'lim muassasalarining tarbiyachilariga mehnatning alohida sharoitlari uchun har oyda to'lanadigan ustama haqi lavozim maoshining 75 foizi miqdorida to'lanadi.
Qonunchilikda bir qator huquqbuzarliklar to'g'risida vakolatli organlarga xabar berilganda undirilgan jarimadan mukofot puli berish belgilangan.