Янгиликлар
Xalq ta’limi bo‘limi xoimlariga qonun hujjatlari tushuntirildi
Joriy yilning 29 mart kuni Chiroqchi tuman adliya bulimi, Jinoyat ishlari bo‘yicha, Fuqarolik ishlari bo‘yicha tuman sudlarining raislari va sudyalari hamda tuman Iqtisodiy sudi sudyalari bilan hamkorlikda Xalq ta’limi bo‘limida qonun hujjatlari mazmun-mohiyatini tushuntirish maqsadida targ‘ibot tadbiri tashkil etildi.
Tadbirda mas’ullar tomonidan O’zbekiston Respublikasining 2022-yil 2-fevraldagi “Intellektual mulk ob’ektlari to‘g‘risidagi qonunchilik takomillashtirilishi munosabati bilan O’zbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish haqida”gi O’RQ-749-son Qonuni, O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 2012-yil 6-iyuldagi “Korrupsiyaga qarshi kurashish faoliyatini samarali tashkil etishga doir qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi PQ–5177-son qarori, mehnat qonunchiligi, sodir etilgan jinoyatlar uchun jazo turlari hamda davlat organlari va tashkilotlariga murojaat qilish tartibi va shartlarining mazmun-mohiyatini sodda, oddiy va ravon tilda tushuntirib berildi.
Ishtrokchilar tomonidan berilgan savollarga sudyalar va adliya bo‘limi mas’ul xodimlari tomonidan javoblar berildi.

