Bog'lanish

Telefon
(+998 75) 230-01-76

Elektron manzil
qashqadaryo@adliya.uz

Habarni yuborish
Ishonch telefoni 1008

Yangiliklar

07
O‘qituvchilarning ustama pullari undirib berildi

Kasbi tuman adliya bo‘limiga tumandagi 1-sonli kasb-hunar maktabi o‘qituvchisi N.Y va tumandagi bolalar va o‘smirlar sport maktabi o‘qituvchisi J.J.lar tuman adliya bo‘limiga “Sport targ‘ibotchisi” qo‘shimcha vazifasini bajarib kelayotganligi, lekin ularga ustamalar to‘lanmayotganligidan norozi bo‘lib ariza bilan murojaat qilishgan.

07
Ramazon — ezgu fazilatlar oyi

Bugun viloyat adliya boshqarmasining navbatdagi “Ma’naviyat soati”da Qarshi tumanidagi “Fozil ota” diniy tashkiloti rahbari tomonidan muborak Ramazon oyi munosabati bilan “Ro‘za tutish tartibi va savobi” mavzusida ma’ruzalar o‘qildi.

Tadbirda ro‘za tutishning o‘ziga xos odoblari, afzalliklari va fazilatlari haqida batafsil ma’lumotlar berildi. Shuningdek, tibbiy ilmiy izlanishlar oqibatida ro‘zaning inson salomatligiga turli jismoniy va ruhiy kasalliklardan himoya qilish, ularning oldini olishda foydasi borligi haqida so‘z yuritildi.

07
23 nafar ta’lim xodimlarining huquqlari himoya qilinmoqda

Kasbi tuman adliya bo‘limi tomonidan 23 nafar ta’lim xodimlarining “Sport targ‘ibotchisi” vazifasida ishlab, ularning lavozim maoshlariga

20 foizlik ustamalar to‘lab berilmayotganligidan noroziligi to‘g‘risidagi kelib tushgan murojaati o‘rganib chiqildi.

07
Adliya bo‘limi tomonidan umumiy o‘rta ta’lim maktablaridagi yoshlar yetakchilariga to‘lanmay qolgan 122 219 220 so‘m to‘lab berildi

Qarshi tuman adliya bo‘lim tomonidan tumandagi Xalq ta’limi bo‘limi tasarrufidagi maktablarda O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 19-yanvardagi “Mahallalarda yoshlar bilan ishlash tizimini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” PQ–92-son qarorining 11-bandi - mahallalarda tashkil etiladigan yoshlar yetakchilari hamda Yoshlar agentligining mahalla va ta’lim muassasalarida yoshlar bilan ishlash bo‘linmalari xodimlari lavozimining shtat birliklari umumiy o‘rta ta’lim maktablaridagi yoshlar yetakchisi lavozimini qisqartirish hisobiga shakllantirilishi hamda umumiy o‘rta ta’lim maktablaridagi shtat birliklari qisqartirilgan yoshlar yetakchilariga Mehnat kodeksining 67, 109 va 151-moddalariga asosan to‘lovlarning amalga oshirilganligi ahvoli tahlil qilindi.

07
Adliya bo‘limi tomonidan to‘lanmay qolgan kompensatsiya pullari to‘lab berildi

Qarshi tuman adliya bo‘limiga tumandagi “Kojor” MFY, Nasaf ko‘chasida yashovchi fuqaro Sh.R.ning 47-umumiy o‘rta ta’lim maktabida Yoshlar yetakchisi lavozimida ishlab kelganligi, ushbu lavozim qisqartirilishi munosabati bilan

05
Oyning eng yaxshi xodimi

Qashqadaryo viloyati Adliya boshqarmasi va tuman (shahar) adliya bo‘limlarida 2022-yil mart oyi yakuni bo‘yicha “oyning eng yaxshi xodimi” Nodavlat notijorat tashkilotlar bo‘limi boshlig‘i Xudayberdiyev Abdiraxim Xudayberdi o‘g‘li

05
Pensiya yoshiga to'lgan pedagog kadrlar navbatdagi attestatsiyaga jalb etilmaydi

Pensiya yoshiga to'lgan pedagog kadrlar navbatdagi attestatsiyaga jalb etilmaydi, attestatsiyadan o'tganlik muddati tugashidan qat'i nazar ularning amaldagi malaka toifasi (lavozimi) saqlab qolinadi hamda mazkur malaka toifasi (lavozimi) bo'yicha ularga haq to'lanadi.

05
Tibbiy yordamni aldab chaqirganlik uchun javobgarlik bor

Ichki ishlar organi, yong'inga qarshi xizmat, tibbiy tez yordam va boshqa maxsus xizmatlarni qasddan aldab chaqirganlik 270 000 so'mdan 810 000 so'mgacha miqdorda jarima solishga sabab bo'ladi.

04
Hamshiralik ishi o'zini o'zi band qilish faoliyat turi hisoblanadi.

Hamshiralik ishi o'zini o'zi band qilgan shaxslar shug'ullanishi mumkin bo'lgan faoliyat (ishlar, xizmatlar) turlari ro'yxatiga (https://lex.uz/docs/-4849607#-4850688) kiritilgan.

Mazkur faoliyatni o'rta tibbiy yoki oliy hamshiralik ishi yo'nalishi bo'yicha oliy ma'lumotga ega tegishli axborot tizimida ro'yxatdan o'tgan shaxslar amalga oshiradi.

04
Bir ish kuni...

Joriy yilning 28-mart kuni Qashqadaryo viloyat adliya boshqarmasi hamda viloyat televideniyesi bilan hamkorlikda boshqarma faoliyati yuzasidan lavhalar tasvirga olindi.

          Lavhalarda, boshqarmaning tarkibiy bo‘limlari xususan, Huquqiy xizmat ko‘rsatishni davlat tomonidan tartibga solish bo‘limi boshlig‘i D.Xudoyqulov, Huquqiy targ‘ibot va ma’rifat bo‘limi boshlig‘i N.Sattarova, Nodavlat notijorat tashkilotlar bo‘limi boshlig‘i A.Xudayberdiyev, Inson huquqlarini himoya qilish bo‘limi bosh maslahatchisi V.Boboyeva, Huquqiy ekspertiza va yuridik xizmatlarning faoliyatini muvofiqlashtirish bo‘limi yetakchi maslahatchisi S.Turopov hamda O'zbekiston Respublikasi Prezidenti hujjatlari va topshiriqlari ijrosini nazorat qilish bo‘limi bosh maslahatchisi N.Avloqulovlar tomonidan bo‘lim faoliyati, bugungi kunga qadar amalga oshirilgan ishlar hamda yangi qabul qilingan qonun hujjatlari mazmun-mohiyati haqida intervyular berildi.