Янгиликлар
Barcha ta'lim tizimi xodimlari diqqatiga!
Huquqiy muammolaringiz bormi?
Bepul huquqiy maslahat kerakmi?
Adliya vazirligi tomonidan “Sog'liqni saqlash va ta'lim tizimi xodimlarining huquqlarini himoya qilish” aksiyasi doirasida sayyor qabul o'tkaziladi.
Sayyor qabul 2022-yil 21-aprel kuni Talabalar shaharchasi, Universitet ko'chasi (O'zMU va TDTU binolari oralig'i) hududida soat 15:00 da boshlanadi.
Sayyor qabul davomida Adliya vazirligi va Toshkent shahar adliya boshqarmasi xodimlari tomonidan:
▫️murojaatlar qabul qilinib, huquqiy maslahatlar beriladi;
▫️Davlat xizmatlari markazlari, “Madad” NNT, FHDYO bo'limlari va notariuslar tomonidan sayyor xizmatlar ko'rsatiladi;
▫️sovrinli viktorinalar o'tkaziladi.
Sayyor qabulga barcha ta'lim tizimi xodimlarini chorlaymiz!
Manzil: Toshkent shahri Olmazor tumani, Universitet ko'chasi. Avtobus: 11, 28, 31, 34, 87, 90, 116. Metro: "Beruniy" bekati.